Ko‘rsatmalar

  1. Bosh sahifa
  2. /

  3. Ko‘rsatmalar

Ko‘rsatmalar

Ko‘rsatmalar

Alfraganus Universitetiga 2022-2023-Yillar Uchun Bakalavriatga Qabul Qilish Bo‘yicha Ko‘rsatmalar

Grant asosida kunduzgi  bo‘limga o‘qishga hujjatlar qabul qilish 20-iyundan kechiktirilmay boshlanadi. Shuningdek, hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati kunduzgi bolim uchun 25-iyul deb belgilangan (universitet ixtiyoriga kora).

Abituriyentlarning o‘qishga tavsiya etilganligi yoki tavsiya etilmaganligini bilish sanasi – 9 avgust.

Talab etiladigan hujjatlar: 

  • Ariza
  • Shahodatnoma – umumiy o‘rta talimni tamomlaganlik to‘g‘risida (asl nusxasi)
  • Pasport –  shaxsingizni va fuqaroligingizni tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi yoki nusxasi);
  • 3×4 sm o‘lchamdagi 4-6 ta fotosurat (qora-oq yoki mat qog‘ozdagi rangli fotosurat, joriy yilda olingan);
  • Agar siz tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz talab etiladigan mutaxassisliklar yoki ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirayotgan bolsangiz, unda sizga 086-U yoki 026-U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma kerak boladi.