Alfraganus universiteti talabalari Istanbuldagi “İstanbul Ticaret Üniversitesi”ga tashrif buyurdilar. Universitet rektori Prof. Dr. Abdulhamit AVŞAR ularni shaxsan o’zi kutib oldi.

Mazkur universitetga 2001-yilda asos solingan bo`lib, bugungi kunda gumanitar va ijtimoiy fanlar, biznes boshqaruvi, huquq, aloqa, muhandislik, arxitektura va dizayn kabi 6 ta fakultet, dasturlash va kompyuter injiniringiga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar muassasasiga ega.


Talabalarimiz “İstanbul Ticaret Üniversitesi”ning barcha yo`nalishlaridagi o`quv jarayonlarini kuzatdilar. Shundan so’ng universitet rektori bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda talabalarimiz universitetning o’ziga xos ta`lim jarayonlari, o’quv dasturlari, talabalar hayoti, yutuqlari va oliygohning kelajakdagi rejalari bilan tanishdilar.