Kuni kecha Alfraganus universitetining rektori Muxammadismoil Maxmudov boshchiligida, universitet Kuzatuv kengashi a‘zolari hamda delegatsiyamizning boshqa vakillari birgalikda Turkiyaning navbatdagi universiteti, Fatih Sultan Mehmet Vakıf Üniversitesiga tashrif buyurdilar. Ularni rektor prof.Dr.Nevzat Şimşek kutib oldi.
Avval ham mazkur universitetning Xalqaro bo`limi rahbari, doktor Bedia Tekin xonim Alfraganus universitetiga tashrif buyurib, ta‘lim tizimi bo‘yicha ko‘plab masalalarda kelishib olingan edi. Buning natijasi o‘laroq, Alfraganus universiteti va Fatih Sultan Mehmet Vakıf Üniversitesi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra:
- Qisqa, uzoq, bir semestr, bir o‘quv yili muddatli talabalar almashinuvi kelgusi, o‘quv yilida yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanmoqda.
- Ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha, xususan raqamli texnologiyalar, filologiyaning arab tili yo`nalishi bo‘yicha, qolaversa, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro aloqalar bo`yicha ham talabalar almashinuvi joriy qilinishi rejalashtirilmoqda.
- Muhandislik injiniringi bo`yicha uzoq maddatli talabalar almashish dasturini amalga oshirish ishlari kelishib olindi.