Shu kunlarda, Alfraganus universitetining rektori Muxammadismol Maxmudov boshchiligida, Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani hamda ta‘sischilar bilan birgalikda Turkiyada safarda bo‘lib, Ondokuz Mayıs Universitetida tashkil etilgan «1.International Technology Transfer Symposium» da o`z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Kunning ikkinchi yarimida Ondokuz Mayıs Universiteti bilan yaqindan tanishib, hududdagi Texnopark markazlariga bordilar. U yerda yaratilgan sharoitlar, mavjud texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish bo`yicha qilinayotgan ishlar, laboratoriyalar, ilmiy markazlarni ko`zdan kechirdilar.
Bundan tashqari universitetimiz rahbariyati Ondokuz Mayıs Universiteti qoshidagi ulkan va rivojlangan klinik shifoxonaga tashrif buyurdilar. Yaratilgan sharoitlar, bemorlarga ko`rsatilayotgan davolash xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif chog`ida Ondokuz Mayıs Universitetining tibbiyot fakulteti dekani kutib olib, uchrashuv tashkil etildi. Unda kelgusida mazkur yo`nalishdagi professor-o`qituvchilar, shifokor va talabalarni doimiy ravishda Ondokuz Mayıs Universitetiga yuborib amaliyot o`tashlari mumkinligi haqida kelishib olindi va tez orada yo`lga qo`yilishi rejalashtirilmoqda.