So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomlariga bag'ishlangan tadbir.
Ikki buyuk shoir va mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy, hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomlarini keng nishonlanishi, ularning bitmas tuganmas maʼnaviy xazinalariga murojaat etishimiz ong-u shuurimizga muhrlangan.
Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti Sharq filologiyasi kafedrasi talabalari ham adabiyotimizning ustunlari bo‘lmish ikki ijodkorning maʼnaviyatimiz xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishish maqsadida “Ma'naviyatimiz yuksalishida buyuk siymolarimiz o'rni beqiyos” nomli ma'naviy-ma'rifiy kecha tashkil etdilar.
Dastlab universitet rektori Muxammadismoil Maxmudov allomalar tavalludining shodiyonalariga bag'ishlab kechani ochib berdilar.
Sharq filologiyasi talabalari tomonidan allomalarimiz siymosida chiqishlar, ularni madh etuvchi she'rlar, ijodlaridan namunalar, dostonlardan sahna ko'rinishlari-yu, asardan qo'yilgan parchalar tomoshabinlarning yuksak olqishiga sazovor bo'ldi.
Ayniqsa, tadbir davomida serjilo kiyimlardagi talaba qizlar tomonidan ijro etilgan “Chaman ichra”, “Ketursa yuz balo o‘shal...”, “Lola” raqslari namoyishi barchada unutilmas taassurot qoldirdi.