Alfraganus universitetining Filologiya, Iqtisodiyot hamda Raqamli texnologiyalar fakulteti talabalari Turkiyadagi Karamanoğlu Mehmetbey universitetida ingliz tili fanidan o’tilgan dars jarayonlarida qatnashdilar.

Shuningdek ular, darsdan tashqari vaqtlarda Karamandan Mersinga qadar Toros tog‘larida, taxminan 1200 metr balandlikda joylashgan Rim imperiyasi davrida barpo qilingan va Usmoniylar davrida fath qilingan eski Monastir tarixiy obidasiga sayohat qildilar. 


Atroflari tog‘ yon bag‘rida ustozlar bilan birgalikda talabalarimiz mazmunli hordiq chiqardilar.  Qolaversa, Turkiyalik talabalar bilan birgalikda sport o‘yinlarini ham tashkil etib kelmoqdalar.