Avval xabar qilinganidek, Alfraganus universitetining rektori Muxammadismoil Maxmudov boshchiligida, Xalqaro aloqalar bolimi rahbari, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani hamda universitet Kuzatuv kengashi a'zolari Karabuk universitetida mehmonda bolib, ikki universitet vakillari ortasida uchrashuv otkazilgan edi.


Shundan so‘ng, KBÜ kampusi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishish, tajriba o'rganish maqsadida universitet bo‘ylab tur tashkil qilindi. Unda delegatsiyamiz vakillari, Jismoniy tajrbiya va sport fakultetiga oid sport majmualarida bo'ldilar.


Muhandislik yo'nalishida faoliyat yuritib kelayotgan yirik laboratoriya markazlarini ko'zdan kechirib, zarur ma‘lumotlarga ega bo'ldilar.


Universitet kutubxonasi ham ularni befarq qoldirmadi. Axborot resurs markazidan foydalanish va boshqarish bo‘yicha fikr almashdilar.


Talabalar yotoqxonasi ham o'rganilganda, undagi tartib-qoidalari, yuritilishi va boshqaruvi bo‘yicha zarur tavsiyalar olindi.  

Safar davomida vakillarimiz universitetning Adabiyot fakultetida ham bo‘ldilar. O'quv auditoriyalar, sinf xonalar, umuman, talabalar bilan ishlash jarayoni bo‘yicha tajribalar o‘rganildi.


Karabuk universitetining Turizm fakultetiga tashrifi chog'ida, Gastronomik turizm uchun mo‘ljallangan laboratoriya oshxonalari ham alohida e‘tiborga olinib, yaqindan tanishildi.


Universitet qoshidagi tibbiy maskanga tashrif buyurilganda bosh shifokorning o‘zi qarshi oldi va shifoxona sharoitlari bilan tanishishda hamrohlik qildi. Klinika imkoniyatlari, yangi tibbiy asbob - uskunalar ko‘zdan kechirilib, boshqaruv tizimi bo‘yicha zarur tavsiyalar olindi.


Aytish joiz, mazkur uchrashuv tomonlarning kelgusidagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga qaratilgan qator rejalarning amalga oshirilishida, mo'ljallangan akademik faoliyatlarni birgalikda olib borishga zamin yaratadi.