UNESCOning “Tadbirkorlik ta'limini rivojlantirish bo‘yicha 10-xalqaro konferensiya”si 2024-yil Toshkentda, ya’ni Alfraganus universitetida o‘tkazilishi belgilandi.
2012-yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan ushbu konferensiyada universitetimiz rektori so‘zga chiqib, Alfraganus universitetining faoliyati, ya’ni qisqa muddatda erishgan yutuqlari, natijalari haqida taqdimot qildi.
Universitetimiz faoliyati konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Natijada 2024 - yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan ushbu konferensiyaga Alfraganus universiteti mezbonlik qilishi belgilandi.