🟠 Mahalliy taomlar – har bir hududning tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi eng yorqin jihatlardan biri. Endi Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanining mashhur Chiyal yaxna go‘shti ham rasmiy geografik ko‘rsatkich sifatida tan olingan. Bu esa nafaqat milliy taomlarimizga bo‘lgan e’tibor ortayotganini, balki gastronomik turizm uchun yangi imkoniyatlar ochilayotganini anglatadi.
🟢 Bugun "Yurtim qishloqlarida" aynan shu manzil va u yerning brendiga aylangan taomi haqida gaplashamiz.