

Programme: Erasmus+ KA2 – Capacity Building in the Field of Higher Education
Full project title: Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan
Duration: 3 years (36 months)
Total budget: 359,682 euros
Project structure: 7 work packages with responsibilities distributed among partners
Educational goals:
Practical outcomes:
Conferences:
Training sessions:
Partner, organiser of a training session.
Instagram: https://www.instagram.com/greencamuz/
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/greencamuz-undefined-16b2003a5/
YouTube: https://www.youtube.com/@GreenCamUz
Telegram: https://t.me/greencamuz2025
Email: greencamuz@gmail.com
Web: https://www.greencam.uz




GREENCAMUZ XALQARO LOYIHASI POLSHADA RASMAN BOSHLANDI
Alfraganus universiteti rektori hamda GreenCamUz xalqaro loyihasi rahbari Azizbek Ismailov hamda loyiha koordinatori Muminjon Xujayev boshchiligidagi delegatsiya Polshaning Opole shahrida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibida universitet Kuzatuv kengashi a’zolari Sarvar Mirazimov, Jo‘rabek Ne’matov, Nuriddin Suleymanov, Yakub Yuldashev, shuningdek, prorektorlar Berdiyor Safoxonov va Jaloliddin Ibragimov ham qatnashmoqda.
Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan GreenCamUz loyihasi 2025–2028-yillar davomida oliy ta’lim tizimiga barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etishga qaratilgan. Loyiha doirasida “yashil kampus” konsepsiyasini rivojlantirish, ekologik mas’uliyatni oshirish hamda zamonaviy va barqaror fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.



GREENCAMUZ | POLSHA
Alfraganus universiteti delegatsiyasi vakillari Polshaning Opole shahrida o‘tkazilayotgan GreenCamUz xalqaro loyihasi doirasidagi seminarida ishtirok etmoqda. Seminar davomida “Sillabus dizayni: o‘quv natijalaridan baholash metodlari”, “O‘zbekistonda sillabus uchun institutsional tizim va ishchi standartlar”, shuningdek, Polsha, Litva va Turkiyadagi kurs sillabuslarini qiyosiy tahlil qilish yo‘nalishlari asosiy muhokama markazida bo‘ldi.
Seminar jarayonida ishtirokchilar zamonaviy sillabus ishlab chiqish mexanizmlari, baholash tizimlari va ilg‘or xalqaro tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim sifatini oshirish, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga oid muhim masalalar keng muhokama qilinmoqda.
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling