img
img

Ichki kasalliklar kafedrasi

Kafedra haqida

Ichki kasalliklar kafedrasi


“Ichki kasalliklar” kafedrasi 2015 yilda tashkil topgan bo‘lib, u tibbiyot oliygohining asosiy klinik kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedra tashkil etilgan vaqtdan buyon ichki a’zolar kasalliklarini chuqur o‘rganish, talabalarga zamonaviy klinik fikrlashni shakllantirish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra mudiri – Rixiyeva Nazira Tahirovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Kafedrada hozirda 32 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Shulardan 3 professor, 8 nafari dotsent, 9 nafari PhD, 12 nafari assistentlardir. Kafedra jamoasi o‘z faoliyatini ilmiy-tadqiqot, ta’lim ва shifokorlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida olib boradi. Ichki kasalliklar kafedrasi ilmiy salohiyati: 62,5%.



Kafedrada o‘qitiladigan asosiy fanlar quyidagilardan iborat: Tibbiyot kasbiga kirish, Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya, Ekologiya va gigiyena, Epidemiologiya, Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni tashkil etish, Birinchi shifokorgacha bo'lgan yordam, Ichki kasalliklar propedevtikasi, Ichki kasalliklar. Kasb kasalliklari, Gospital pediatriya, Neonatologiya, Pediatriyada Funksional tekshirish usullari, Gastroenterologiya va bolalarni ovqatlantirish, Bolalar yuqumli kasalliklari, Bolalar kasalliklari propedevtikasi, Pediatriya, Dermatovenerologiya, Terapiya. Klinik farmakologiya, Klinik farmakologiya, Nevrologiya, Bolalar nevrologiyasi. Tibbiy genetika, Ftiziatriya, Yukumli kasalliklar. Bolalar yuqumli kasalliklari, Tibbiy radiologiya, Endokrinologiya. Bolalar endokrinologiya, Klinik allergologiya, immunologiya. Darslar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.

Fanning mas’ullari:

Aripxodjayeva Fazilat Zaynitdinovna (Ichki kasalliklar  propedevtikasi, Ichki kasalliklar. Kasb kasalliklari. XDT), Terapiya. Klinik farmakologiyaFtiziatriya. Bolalar ftiziatriyasi);

Xamrayeva Nasiba Abdurasulovna – (Bolalar kasalliklari  propedevtikasi,  Gospital pediatriya, Pediatriya, Funksional tekshirish usullari, Gastroenterologiya va bolalarni ovqatlantirish, Neonatologiya);

Аhmedova  Feruza  Mirzakirovna – Birinchi shifokorgacha bo'lgan yordam, Dermatovenerologiva. Dermatovenerologiva va bolalar dermatovenerologivasi, Tibbiyt kasbiga kirish);

Xakimova Shahlo Mamatovna – (Tibbiy radiologiya, Klinik allergologiya, immunologiya, Nevrologiya. Bolalar nevrologiyasi. Tibbiy genetika);

Hamraeva Yulduz Saidovna (Yuqumli kasalliklar. Bolalar yuqumli kasalliklari, Psixologiya. Tibbiy psixologiya, Endokrinologiya. Bolalar endokrinologiya, Klinik farmakologiya);

Maxmanazarov Gʻafur Axnazarovich (Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya, Epidemiologiya, XE, Ekologiya va gigiyena, Jamoat salomatligini. Marketing, menejment).

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: «Ichki aʼzolar kasalliklarining erta tashxisi, zamonaviy laborator va instrumental diagnostika usullarini takomillashtirish hamda davolash samaradorligini oshirish»ga qaratilgan.

Kafedra o‘z faoliyatini klinik bazalar bilan hamkorlikda olib boradi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlarni kasalxonalarning terapevtik bo‘limlarida o‘tadilar, bu esa ularning kasbiy malakasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kafedra klinik bazalar bilan hamkorliklari: Surunkali somatik kasalliklar reabilitatsiya markazi, gigiyena va sanitariya kasb kasalliklari markazi, 2-Markaziy klinik poliklinika, Alfraganus klinikasi, Qariyalarni parvarishlash boʻyicha reabilitatsiya markazi, Shaxar endokrinologik dispanser, 9, 19, 64-oilaviy poliklinikalari, “Vatan” tibbiyot markazi, 1-bolalar klinik shifoxonasi, Reabilitologiya markazi, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo’yicha Respublika reabilitologiya markazi, Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, Sanitariya epidemiologiya stansiyasi, RIO вa  RIOATM, RIIATEM.
Universitet ko‘plab klinik bazalar, shuningdek, ko‘plab xususiy klinikalar bilan hamkorlik qiladi, ularda talabalar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Kafedra xodimlari faniga oid metodik tavsiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar ishlab chiqishda faol ishtirok etadilar. Shuningdek, kafedra xodimlari, mustaqil tadqiqotchilar va doktorantlar xalqaro konferensiyalar, kongresslar hamda simpoziumlarda faol qatnashadilar.

 

 

 

Kafedra xodimlari va Universitet talabalari 10.10.2025 y. III Xalkqaro Endoforumida ishtiroq etdilar

                    

Kafedra xodimlari va Universitet talabalari 31-1.11.2025 y.

"Millat salomatligi 2025" - Antimikrob rezistentlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjumanda faol qatnashadilar

 

 

60 ta universitet. 12 ta mamlakat. Yagona kampus — Central Asian University "Kelajak tibbiyoti 2025" xalqaro olimpiadasi. Toshkent. 31-oktyabrdan 3-noyabrga qadar o`tkazilgan bellashuvda 48 o`rindan 14 fahriy o`rinni Alfraganus Universitet davolash fakulteti talabalari egallashdi

img
Kenjayev Baxtiyor Ismatovich

Assestent

img
Jumayeva Gulruxsor Aliyorovna

Dotsent, PhD

img
Ergasheva Muharram O’ktamovna

img
Kurbanova Dilnoza Xusanbayovna

assistent

img
Asqarov Elyorjon Sadiraliyevich

assistent

img
Xamraeva Nasiba Abdurasulovna

PhD, tibbiyot fanlari falsafa doktori

img
Камилова Дилфуза Нусратуллаевна

Dotsent

img
Qo’chqarov Husniddin Shaxobitdinovich

Tibbiyot fanlari nomzodi, PhD

img
Хамраева Насиба Абдурасуловна

img
Хуббимов Арслон Ғайрат ўғли

assistent v.b

img
Pulatova Rushaniya Zahidovna

Dotsent , tibbiyot fanlari doktori

img
Mirzaraximova Kamola Rixsiyevna

twixmir@gmail.com

Ichki kasalliklar kafedrasi tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Kafedra mudiri

user

Rixiyeva Nazira Tahirovna

Ichki kasalliklar kafedrasi mudiri
Maʼlumotlar
Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan
Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

OTM Eʼlonlari

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling