img
img
img

Devonxona va arxiv bo’limi

Markaz yoki Boʼlimlar maʼlumotlari

Asosiy maʼlumotlar

Devonxona «Alfraganus University» nodavlat oliy ta’lim tashkilotida ish yuritishning asosiy boshqaruv bo‘limi hisoblanadi. «Alfraganus University» hujjatlari hisoboti, ularning yuritilishini belgilangan talablar asosida boshqa bo‘limlar, fakultetlar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etadi;

         Devonxona tarkibiga arxiv kiradi.Devonxona universitet tarkibiga ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri rektorga bo‘ysunadi.

         Devonxonaning asosiy maqsadi ish yuritishning yagona davlat tizimi, xizmat hujjatlarini tayyorlash tartibi haqida amaldagi qo‘llanmalarga asosan «Alfraganus University» bo‘lim va fakultetlarida tezkor va madaniy ish yuritishning yagona tartibini o‘rnatish hamda ijrosini ta’minlash; 

edo.ijro.uz hamda infox.uz portallaridan kelgan nazoratga olinishi kerak bo‘lgan hay’at qarorlari, farmoyishlar, buyruq va topshiriqlarni ro‘yxatga olish, dasturga kiritish va yig‘ma jildga tikib borish;

        «Alfraganus University» bo‘limlaridan, fakultetlardan taqdim etilayotgan hujjatlarning asosliligini, amaldagi qonun va qoidalarga mosligini tekshirish, ularning ijrosini ta’minlash;

         Devonxona ish faoliyatida to‘plangan hujjatlar yig‘ma jildi (buyruqlar, farmoyishlar, kirish va chiqish xatlari, qayd qilish kitoblari) to‘laligi holda belgilangan muddatda arxivga sifatli holda doimiy saqlash uchun topshirishni ta’minlash;

        Devonxona o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, hay’at qarorlarini bajarish va bajarilishining nazoratini tashkil qilishni amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirish;

         Devonxonaga kelib tushayotgan korrespondensiyalarni o‘z vaqtida, ularni to‘liqliligini tekshirib belgilangan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va rahbariyatga yoki xat yuboriluvchiga yetkazish; rahbar rezolyusiyasidan so‘ng hujjatlarning nusxa ko‘paytirish kerak bo‘lganlarini ko‘paytirib, nazoratga olish, ijrochiga yetkazib berish;

        «Alfraganus University»da ish yuritishning davlat tilida olib borilishini nazorat qilish;

        «Alfraganus University»dan chiqish xatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va ularni jo‘natish;

         Hujjatlar yig‘ma jildini doimiy saqlash uchun arxivga topshirish;

ommaviy axborot vositalari bilan rahbariyat va bo‘limlarni ta’minlash. 

Devonxona o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish davomida quyidagi huquqlardan foydalanadi:

1.   «Alfraganus University»  Kengashiga va rahbariyatiga o‘z faoliyati sohasiga oid takliflar bilan murojaat qilish;

2.  «Alfraganus University» tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumot va hujjatlarni belgilangan tartibda olish;

3. «Alfraganus University» o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan majlislar va yig‘ilishlar o‘tkazish;

4. «Alfraganus University» o‘z faoliyatini amalga oshirishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

Devonxona qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Devonxona quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

«Alfraganus University» Kengashi va rahbariyatining ko‘rsatmalari, topshiriqlarini bajarish;

«Alfraganus University» faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash;

O‘z faoliyati haqida «Alfraganus University» rektori va Kengashiga muntazam ravishda axborot berib borish;

Devonxona qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi mumkin

Devonxona va arxiv bo’limi tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Abduraximova Muqaddamxon Orunboyevna
Abduraximova Muqaddamxon Orunboyevna

Arxivarius

Jalolova Maxliyo Ziyoviddin qizi
Jalolova Maxliyo Ziyoviddin qizi

Ish yurutuvchi

Rahmatov Sanjarbek Nusratillo o‘g‘li
Rahmatov Sanjarbek Nusratillo o‘g‘li

Ish yurutuvchi

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling