Alfraganus universitetining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – bo‘lim) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son Qarori hamda universitet Kengashining 2024-yil avgustdagi 1-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Bo‘limning asosiy maqsadi universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
universitetda ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari DTS) va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish;
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish;
kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish;
universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora- tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini o‘rganish;
universitet kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.
T/R | Fayl nomi | Holati | Amal | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling