Bo‘limning asosiy maqsadi – mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)larni tayyorlash orqali universitet ilmiy salohiyatni yuksaltirishdan iborat.
Bo‘lim o‘z faoliyati davomida quyidagi vazifalarni bajaradi:
- universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
- fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;
-professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchi, magistratura va bakalavriat talabalari uchun xalqaro, respublika, universitet miqyosida ilmiy - amaliy anjumanlar, seminar treninglar, master klasslar tashkil qilish;
- tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish rejasini ishlab chiqish;
- tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini respublika ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy, innovatsion loyihalar hamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;
- tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
- tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlarni tashkil etish;
- yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish;
- bir yilda 4 marta professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha monitoring o‘tkazish.
Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling