Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar boʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
oliy taʼlim tizimida "Korrupsiyasiz soha" loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash;
universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʼlgan yoʼnalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
universitetda korrupsiya koʼrinishlari namoyon boʼlishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish boʼyicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash;
universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yoʼnaltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish. shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini oʼrganish hamda ilgʼor jihatlarni tatbiq etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
universitetda korrupsiyaning holati, tendentsiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʼrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish.
Boʼlim oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hayʼati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning toʼliq, sifatli va oʼz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi, belgilangan chora- tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini oʼrganadi, natijalari boʼyicha maʼlumotlar tayyorlaydi;
universitetda "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshiradi;
Аlfraganus universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi;
universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf kilish boʼyicha takliflar ishlab chiqadi;
universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
universitetning professor-oʼqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining hatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf xatarlar va huquqbuzarliklar hakida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni koʼrib chiqadi hamda oʼrnatilgan tartibda choralar koʼradi;
universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;
universitet xodimlari oʼrtasida manfaatlar toʼqnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
universitetning professor-oʼqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi, oʼquv-yordamchi xodimlari oʼrtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
universitet faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maksadida professor-oʼqituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi, oʼquv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va axoli oʼrtasida soʼrovlar oʼtkazadi;
soʼrovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targiboti boʼyicha chora-tadbirlar natijalari va taʼsirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora- tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
professor-oʼqituvchilar, talaba-yoshlar oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferentsiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul kilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini oʼrganadi, shuningdek ularni bartaraf etish boʼyicha takliflarni ishlab chiqadi;
universitetning rasmiy veb-saytida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" boʼlimidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
har chorakda va zaruratga koʼra korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar hamda oliy taʼlim muassasasidagi korrupsiyaviy vaziyat hakida rektorga hamda Universitet taʼsischilariga hisobot beradi;
Olii taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʼlimi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yoʼlga qoʼyadi;
universitetda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga kiritib boradi.
Boʼlimning huquqlari va javobgarligi
Boʼlim oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
universitetga ishga kabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan oʼtkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, magistrlik dissertatsiyasi, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyatsiya orkali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;
universitetning professor-oʼqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv - yordamchi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar, xulosalar, birlamchi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni soʼrash, talab qilish va olish;
xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida universitet xodimlaridan zarur yordam soʼrash va olish, zarur hollarda ishchi guruhlar tashkil etish;
universitetning Kengashi majlisi yigilishlarida ishtirok etish; universitet rektoriga komplaene nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid takliflar kiritish:
vakolati doirasida tekshiruvlar oʼtkazish, xujjatlarni talab kilish, universitetning professor-oʼqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustakil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish, jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;
oʼz faoliyati doirasida universitetning tarkibiy boʼlinmalariga koʼrsatmalar va tavsiyalar berish;
Boʼlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
Boʼlim:
oʼziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi:
oʼziga yuklangan funktsiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomini taʼminlash talablarini bajarilishi;
universitet rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va xujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlanishi;
universitetda komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi hamda qonunchilik hujjatlari asosida hal etilishi uchun javob beradi.
T/R | Fayl nomi | Holati | Amal | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling