Dekan: To'ychiyev Alisher Jo'rayevich
So'ngi yangilanishlar: 03 фев 2025
Iqtisodiyot fakulteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 12-avgustdagi № 034974-sonli litsenziyasi asosida tashkil etilgan.
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
“Menejment va marketing” kafedra mudiri i.f.d. professor. M.P.Eshov
Iqtisodiyot fanlari doktori va professorlar: 3 nafar.
PhD, fan nomzodi va dotsentlar: 6 nafar.
“Buxgalteriya hisobi va soliq” kafedra mudiri i.f.d. dotsent. A.S.Boltayev
Iqtisodiyot fanlari doktori va professorlar: 2 nafar
PhD, fan nomzodi va dotsentlar: 5 nafar
“Iqtisodiyot” kafedra mudiri PhD. dotsent. A.B.Gafurov
Iqtisodiyot fanlari doktori va professorlar: 3 nafar
PhD, fan nomzodi va dotsentlar: 10 nafar
“Moliya” kafedra mudiri PhD. v.b.dotsent. B.S.Mirzayev
Iqtisodiyot fanlari doktori va professorlar: 1 nafar
PhD, fan nomzodi va dotsentlar: 8 nafar
Iqtisodiyot fakulteti ta’lim yo’nalishlari:
1 60410100 Iqtisodiyot
2 60411100 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
3 60410500 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
4 60410300 Soliqlar va soliqqa tortish
5 60410200 Buxgalteriya hisobi
6 61010400 Logistika
7 60410600 Bank ishi
8 60410800 Menejment
9 60411200 Marketing
Iqtisodiyot fakulteti ta’lim mutaxassisligi:
1 70410102 Iqtisodiyot
Fakultetimizda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun yuksak bilimli, iqtisodiyot, menejment, logistika, moliya, xalqaro iqtisodiyot sohalari bo‘yicha yetuk kasbiy ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadida jahon tajribasiga tayangan holda o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Malaka talablarini shakllantirish ish beruvchilarning xohish va ehtiyojlariga asoslangan. Mutaxassislik fanlarining asosiy kontenti ayni shu talablar negizida yaratilgan.
Kredit-modul tizimida tanlov fanlari ulushi alohida rejalashtirilgan. Shuningdek, talabalarda mutaxassislikka oid professional ko‘nikmalarni chuqur shakllantirib borishga yo‘naltirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, sifatini oshirishda, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, ALFRAGANUS UNIVERSITY nodavlat oliy ta’lim muassasasi barcha yo’nalishlarida ajratilgan dars soatlarini bajarganligini va talabalarning bilim hamda ko’nikmalarini kengaytirish maqsadida o’qishdan bo’sh vaqtlarida amaliyot o’tashga yuborilmoqda.
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishida bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni chuqur tahlil qila oladigan va iqtisodiy taraqqiyotga doir to‘g‘ri qarorlarni qabul qila oladigan mutaxassislarni mehnat bozoriga olib kirish maqsad qilingan.
“Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha)” yo‘nalishi o‘quv dasturlarida talabalarning xalqaro va milliy soliq tizimini puxta o‘rganishi, har qanday darajada soliq siyosatini mukammal olib bora oladigan mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun xizmat qiladi.
“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishining asosiy vazifasi xalqaro va milliy moliya tizimini chuqur o‘rgangan, moliya tizimining barcha darajalarida samarali moliya siyosatini olib bora oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)” yo‘nalishi – bunda jahon xo‘jaligi tizimi va O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlarini chuqur tahlil qila oladigan kadrlarni yetkazib beradi.
“Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” yo‘nalishi byudjet tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyati tahlili va auditini amalga oshira oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi.
“Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)” yo‘nalishda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini tahlil qiladigan va transport koridorlarini yaxshi biladigan mutaxassislarni tayyorlanadi.
“Menejment” yo‘nalishi talabalarga korxonalarni, tashkilotlarni va jamoalarni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni beradi. Menejment muhim sohalar bo‘yicha quyidagi kompetensiyalarni shakllantiradi: boshqaruv prinsiplari, strategiya va taktika tushunchalari; raqamli iqtisodiyot, bozor qonunlari, moliyaviy boshqaruv; jamoa bilan ishlash, motivatsiya nazariyalar; yangi biznesni yo‘lga qo‘yish, startaplarni boshqarish; strategik fikrlash, tahlil qilish va muammoli vaziyatlar bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilish.
“Marketing” yp‘nalishi bozorda iste’molchilarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida korxonalarning bozor faoliyatini doimiy rivojlantiradigan marketing strategiyalari orqali unga ta’sir ko‘rsatib, uni samarali boshqara oladigan va raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan kadrlar tayyorlaydi.
“Bank ishi” yo‘nalishi bitiruvchilari moliyaviy institutlar uchun yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanadi. Ular bank tizimi, kredit siyosati, investitsiyalar, risklarni boshqarish hamda moliyaviy menejment yo‘nalishlarida fundamental nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, makro va mikroiqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, strategik rejalashtirish, likvidlik va kapital yetarliligini boshqarish hamda korporativ moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha kompetensiyalarga ega bo‘lib, bank sektorining innovatsion rivojlanishiga xissa qo‘shadilar.
Dekan o‘rinbosari | PhD. v.b.dotsent.
Dekan o‘rinbosari
Dekan o‘rinbosari
T/R | Fayl nomi | Holati | Amal | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling