img
img

Jismoniy tarbiya va sport fakulteti

Dekan: Raxmonov Azizbek Abdullajonovich

Fakultetlar sahifasi Jismoniy tarbiya va sport fakulteti

Fakultet haqida

“Jismoniy tarbiya va sport”  fakulteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  ta’lim sifatini nazorat   qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 12-avgustdagi № 034974 -sonli  litsenziyasi  asosida tashkil etilgan.

Fakultetning maqsadi shaxsning intellektual, madaniy va axloqiy rivojlanishiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, oliy ma’lumotga ega bo‘lish, jamiyatni jismoniy tarbiya va sport  sohasida yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy buyurtmalarni bajarishdan iborat.

Fakultet quyidagi tashkiliy va tarbiyaviy vazifalarni hal qiladi:

1. Ta’lim muassasalarida, tashkilot va korxonalarda pedagogik va murabbiylik faoliyatni amalga oshirish,har qanday sohadagi sportchilarni,jumladan, olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarga mashg‘ulotlar  o‘tkazish va rahbarlik qilish.

2.Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi jamoalar, tashkilotlar va federatsiyalarda faoliyat olib borish.

3. Jismoniy tarbiya mashqlari vositasida rekreatsion, reabilitatsiya vazifalarini hal qilish.

Fakultet bitiruvchilari mehnat bozorida doimo talabga ega bo‘lib, ular ta’lim tizimida (maktabgacha,o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida), sport sohasida murabbiylik(bolalar va o‘smirlar sport maktablaridan milliy terma jamoalargacha), rekreatsion va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya tuzilmalarida, jismoniy madaniyatni boshqarish tizimlarida ishlaydi.

 


Maʼlumotlar hali joylanmagan

Jismoniy tarbiya va sport fakulteti tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylanmagan

Fakultet dekani

user

Raxmonov Azizbek Abdullajonovich

Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani
Maʼlumotlar
Maʼlumotlar hali joylanmagan
a.raxmonov@afu.uz
78 122 75 57

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling