img
img
img

Axborot-resurs markazi

Markaz yoki Boʼlimlar maʼlumotlari

Asosiy maʼlumotlar

    Alfraganus universiteti axborot resurs markazi. Talabalar , professor o’qituvchilar, hodimlar va kitobxonlarga  sifatli xizmat ko’rsatish va ularni bilim olishlariga ko’maklashish uchun o’z faoliyatini olib bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyunda - "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida" farmoniga binoan oliy ta’lim kutubxonalari Axborot Resurs Markazlari sifatida ishlay boshladi. 

    ARM lavozim Yo’riqnomalari “ Alfraganus University “ Ustavi, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlai va farmoyishlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

                                    


Markazning asosiy maqsadi


- Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta'minlash;
- Foydalanuvchilarning intellektual, ma'naviy, axloqiy, madaniy va ma'rifiy ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar yaratish;
- Milliy madaniyatni tiklash va yanada rivojlantirishga, O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini asrab-avaylashga ko'maklashish;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona resurslaridan o'zaro foydalanishni ta'minlash.




 Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat


    Markazning xizmatlaridan 20.000 mingdan ortiq foydalanuvchi foydalanadi va berilgan manbalar soni 10.000 mingdan oshadi. ARM  ‘’ Alfraganus university ‘’talabalar, magistratura, shuningdek, tegishli tibbiy kasblar mutaxassislariga xizmat ko'rsatadi. Har yili tashriflar soni 200 mingdan oshadi. Foydalanuvchilarga shuningdek monografiyalar, darsliklar va o'quv qo'llanmalari taqdim etiladi.

           Axborot-reseurs markazi tomonidan 70 dan ortiq darslik va boshqa turdagi adabiyotlarning elekron nusxasini maxsus QR kod orqali yuklab olish imkoniyati yaratilgan. Ushbu “QR BOOK”lar Alfraganus universitetining barcha o`uv binolariga o`rnatilgan bo`lib, universitet talabalari va hodimlari erkin foydalanishlari mumkin.

      Axborot resurs markazi hamda elektron kutubxonasi kitobxonlar uchun zarur bo'lgan adabiyotlar, jurnallar kitob hamda elektron shaklda va axborot bilan ta'minlash uchun doimiy ravishda yangilanib turiladigan va ishonchli  ma'lumotlar, shuningdek kerakli ma'lumotlarni tez va qulay ravishda topishga imkon beradigan dasturiy ma’lumotlar bilan to’liq boyitilgan.  Hozirgi kunda elektron kutubxona fondida 6.000 mingdan ortiq elektron nusxalar mavjud. Bular darsliklar, monografiyalar, qo'llanmalar, ma'ruzalar, o'quv dasturlari, atlaslar, entsiklopedik materiallar, o'quv qo'llanmalari, jurnal maqolalari, va boshqa nashrlardan iborat.



Axborot-resurs markazi tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Maxmudova Gulyora Isoqjon qizi
Maxmudova Gulyora Isoqjon qizi

Bosh kutubxonachi

Tursunaliyeva Yoqutxon Aziz qizi
Tursunaliyeva Yoqutxon Aziz qizi

Kutubxonachi

Mirjalolova Farzona Mirjavlon qizi
Mirjalolova Farzona Mirjavlon qizi

Kutubxonachi

Fayzullayeva Ruzigul Botirovna
Fayzullayeva Ruzigul Botirovna

Kutubxonachi

Anvarova Dildora Rustam qizi
Anvarova Dildora Rustam qizi

Kutubxonachi

Yo’ldoshova Gulruxsor A’zam qizi
Yo’ldoshova Gulruxsor A’zam qizi

Kutubxonachi

O‘roqova Zarina Shuhratullayevna
O‘roqova Zarina Shuhratullayevna

Kutubxonachi

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling