EQAS – Education Quality Assessment Services
Ta’lim sifatini baholash xizmatlari |
|
EQAS - Ta’lim sifatini baholash xizmatlari tashkiloti Birlashgan Qirollik hukumati tomonidan tasdiqlangan, jahon tan olgan ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha avtonom organ hisoblanadi. Jahon bo’yicha 20 dan ortiq davlatlarda vakolatxonalari hamda 60 dan ortiq provayderalariga (поставщик) ega va dunyodagi yirik xalqaro akkreditatsiya tashkilotlaridan biri hisoblanadi.
EQAS akkreditatsiyasi nimani anglatadi?
EQAS tomonidan akkreditatsiyaga ega bo’lish OTMlarga juda ko’p imkoniyatlar hamda alohida maqom beradi. Bu hujjat asosan 2 ta holatda katalizor vazifasini o’taydi, birinchi holatda OTMni xalqaro maydonda reputatsiyani oshirib beradi va ikkinchi holatda esa ichki ishlash tizimini takomillashtirishga yordam beradi. EQAS ta’lim muassasasida tashkiliy jarayonlar va umumiy samadorlikni murakkab baholashni amalga oshiradi hamda bu orqali o’qitish va ta’lim sifatini oshirish uchun ko’rsatmalar beradi. Bu esa o’z-o’zidan ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishishga yordam beradi.
EQAS akkreditatsiyasi – dunyo bo’ylab manfaatdor tashkilotlar qarshisida mukammallik belgisini anglatuvchi maqom hisoblanadi. Bu hujjat ta’lim muassasasini oliy darajadagi ta’lim xizmatlarini ta’minlashga, xalqaro miqyosda talabalar va professor-o’qituvchilarni jalb qilishga hamda muassasa missiyasi va qadriyatlariga mos keladigan xalqaro hamkorlikka sodiqlikni ko’rsatadi.
EQAS akkreditatsiyasi talabalar, ularning ota-onalariga va tarbiyachilariga ishonchli kafolat hujjati hisoblanadi, bu esa o’z o’rnida, ushbu ta’lim muassasasi sifatli ta’lim xizmatlarini ko’rsatayotganligi hamda yuqori qiymatga ega bilim va malakalarni taqdim etayotganligidan dalolat beradi. Bulardan tashqari, ushbu ta’lim muassasasi xalqaro darajadagi yuqori ta’lim sifatiga ega hamda doimiy ravishda ta’lim xizmati sifatini oshirish va takomillashtirishni amalga oshirayotganligini hamkor va boshqa ta’limga oid tashkilotlar tomonidan tan olishini ta’minlaydi.
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling