Dekan: Raxmatullayev Ziyodullo Xabibullayevich
So'ngi yangilanishlar: 03 фев 2025
“Filologiya” fakulteti tarkibida “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)”, “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” “Filologiya va tillarni o'qitish (arab tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (koreys tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (xitoy tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (turk tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (yapon tili)” va Jurnalistika (sohalar boʻyicha) yo’nalishlari mavjud.
Kredit-modul tizimida tanlov fanlari ulushi alohida rejalashtirilgan. Shuningdek, talabalarda mutaxassislikka oid professional ko‘nikmalarni chuqur shakllantirib borishga yo‘naltirilgan.
“Filologiya” fakulteti yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda dahldorlik tuyg’usini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik bilim va ko’nikmalarni chuqur egallagan, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy islohotlarni aholining turli qatlamlari ongiga etkazish uchun xorij tillarini o’zlashtirgan, o’zining ma’naviy qiyofasi bilan yoshlarga ibrat bo’la oladigan malakali bakalavrlarni tayyorlaydigan tayanch fakultetlardan biri hisoblanadi.
“Filologiya” fakulteti tarkibida “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)”, “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” “Filologiya va tillarni o'qitish (arab tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (koreys tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (xitoy tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (turk tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (yapon tili)” va Jurnalistika (sohalar boʻyicha) yo’nalishlari - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilardan iborat:
– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimining ixtisosligiga mos ta’lim;
– muassasalarida o‘rgangan asosiy va ikkinchi chet tillarini o‘qitish;
– ta’lim muassasalari va mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida kabinet mudiri, metodist va ularga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
– chet tillarni intensiv shaklda o‘rgatish kurslarida faoliyat yuritish;
– turli davlat va nodavlat korxona va tashkilotlarda tarjimon bo‘lib ishlash;
– gumanitar fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash;
– OAV sohasidagi tashkilotlarda ixtisosligiga mos lavozimlarda ishlash;
– mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash.
Filologiya fakulteti | |||||
Bakalavriat | |||||
№ | Shifr | Yo‘nalish nomi | Ta’lim shakli | O‘zbek guruhi uchun kvota | Rus guruhi uchun kvota |
1 | 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili | Kunduzgi Kechki | ||
2 | 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili | Kunduzgi Kechki | ||
3 | 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili | Kunduzgi Kechki | ||
4 | 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili | Kunduzgi Kechki | ||
5 | 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili | Kunduzgi Kechki | ||
6 | 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili | Kunduzgi Kechki | ||
7 | 60111500 | Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti) | Kunduzgi Kechki | ||
8 | 60320100 | Jurnalistika (Faoliyat turlari bo‘yicha) | Kunduzgi Sirtqi | ||
9 | 60111400 | O‘zbek tili va adabiyoti | Kunduzgi Kechki Sirtqi | ||
Magistratura | |||||
1 | 70230101 | Lingvistika (ingliz tili) | Kunduzgi | ||
2 | 70230101 | Lingvistika (rus tili) | Kunduzgi | ||
3 | 70111401 | O‘zbek tili va adabiyoti | Kunduzgi |
T/R | Fayl nomi | Holati | Amal | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling