Markaz yoki Boʼlimlar maʼlumotlari
Asosiy maʼlumotlar
Vazifasi
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, universitet Kengashi qarorlari, rektor buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilmiy-texnik axborot markazi bilan hamkorlikda ish olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar agentligi va boshqa oliy o‘quv yurtlarining tegishli bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatilishini tashkil etish, axborotlar almashib turilishini ta’minlash;
- universitetda ta’lim va tadqiqotlarni yanada kuchaytirish maqsadida Scopus, SciVal, Web of Science, Sience Direct, Springer Nature, EBSCO, Pivot-RP, Mendeley, Google Scholar, ResearchGate kabi xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil etish;
- universitet professor-o‘qituvchilarining Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasidagi maqolalariga beriladigan iqtiboslarni (citations) oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish;
- universitet muassisligidagi ilmiy jurnallarni Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiritish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- universitetning kafedra, bo‘lim va markazlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlari hamda universitet bilan mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar o‘rtasida tuzilgan “Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi”ga ko‘ra chop etilgan Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasidagi maqolalarni rag‘batlantirish tizimi faoliyatini tashkil etish;
- universitetning yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ta’lim sohasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities, Webometrics) reytinglari maqsadli ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish;
- universitetning QS xalqaro reyting profilini boshqarish tizimi faoliyatini tashkil etish;
- universitetning THE xalqaro reyting profilini boshqarish tizimi faoliyatini tashkil etish;
- universitetning Webometrics xalqaro reyting profilini boshqarish tizimi faoliyatini tashkil etish;
- universitetning UI Greenmetrics xalqaro reyting profilini boshqarish tizimi faoliyatini tashkil etish;
- universitetning RUR xalqaro reyting profilini boshqarish tizimi faoliyatini tashkil etish;
- THE DataPoints universitet samaradorliginini tahlil qilish va taqqoslash tizimi faoliyatini tashkil etish;
xalqaro tashkilotlar ekspertlari, xorijiy mamlakatlarning OTM professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy grantlarda ishtirok etish.