Dekan: Turgunov Azim Turgunovich
So'ngi yangilanishlar: 10 сен 2025
Fakultet haqida
Ijtimoiy fanlar fakulteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 12-avgustdagi № 034974-sonli litsenziyasi asosida tashkil etildi (dekan – Turgunov Azim Turgunovich.
2025-yil 28-avgustda Universitet kengashining 1-son qarori bilan Ijtimoiy fanlar fakulteti hamda Pedagogika fakulteti birlashtirilib Ijtimoiy fanlar fakulteti tashkil etildi.
Ijtimoiy fanlar fakultetida Boshlang'ich ta'lim, Maktabgacha ta’lim, Pedagogika va psixologiya, Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha), Pedagogika, Logistika, Tarix, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, Xalqaro munosabatlar, Falsafa (sohalar boʻyicha), Pedagogika magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlagan.
Fakultetimiz boshidanoq talabalarni ijtimoiy-gumanitar tayyorlash jarayoni bilan shug'ullanadigan tarkibiy bo'linmalar - kafedralar, markazlar va laboratoriyalarni birlashtirgan:
Ijtimoiy fanlar fakultetida hozirgi vaqtda 4 ta kafedra faoliyat olib boradi:
Ushbu fakultetda mehnat bozori uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun Hindiston, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Latviya, Shvetsiya, AQSh va Kanada singari davlatlarning oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Xorijiy hamkorlar bilan mahorat darslari va masofaviy oʻquv mashgʻulotlari tashkil etib kelinmoqda. Bu jarayon talabalarning kasbiy ko‘nikmalari zamonaviy va jahon standartlari asosida shakllanishiga yordam bermoqda. Shuningdek, talabalarda jamiyatdagi ijtimoiy masalalarga nisbatan mustaqil fikrini hamda qarashlarini mustahkamlamoqda.
Fakultet imkoniyatlari:
Kafedralarda dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarini tahlil qilgan holda tanlov fanlari roʻyxati ishlab chiqilgan. Kredit-modul tizimida tanlov fanlari ulushi alohida rejalashtirilgan hamda talabalarda mutaxassislikka oid professional koʻnikmalarni chuqur shakllantirib borishga yoʻnaltirilgan.
Fakultet tarkibidagi kafedralar
“Ijtimoiy fanlar” kafedra mudiri PhD Pulatov Sherdor Nematjonovich
Professor-o‘qituvchilar: 21 nafar
Professor DSc: 4 nafar
Dotsent: 4 nafar
v.b.dotsent Phd: 9 nafar
O‘qituvchilar: 4 nafar
“Xalqaro munosabatlar va tarix” kafedra mudiri PhD Kasimova Zilola G‘ulomiddin qizi
Professor-o‘qituvchilar: 20 nafar
Professor DSc: 1 nafar
Dotsent: 4 nafar
v.b.dotsent Phd: 5 nafar
Assistant: 10 nafar
“Pedagogika” kafedra mudiri PhD. Otaboyev Muhsinjon Muqimjonovich
Professor-o‘qituvchilar: 26 nafar
Professor DSc: 1 nafar
O‘qituvchilar: 9 nafar
Dotsent: 8 nafar
v.b.dotsent Phd: 4 nafar
Assistant: 4 nafar
“Psixologiya” kafedra mudiri PhD. Shamsiyev O‘ktam
Professor-o‘qituvchilar: 13 nafar
Professor DSc: 3 nafar
O‘qituvchilar: 4 nafar
v.b.dotsent Phd: 5 nafar
Dotsent Phd: 1 nafar
“Ijtimoiy fanlar” fakulteti ta’lim yo‘nalishlari:
1 60110500 Boshlang'ich ta'lim
2 60110200 Maktabgacha ta’lim
3 60110100 Pedagogika va psixologiya
4 60310900 Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha)
5 60110100 Pedagogika
6 60111100 Logistika
7 60410600 Tarix
8 60112100 Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
9 60310800 Xalqaro munosabatlar
“Ijtimoiy fanlar” fakulteti magistratura mutaxassisligi:
1 70110102 Pedagogika
2 70220501 Falsafa
Dekan movini
T/R | Fayl nomi | Holati | Amal | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling