JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BO‘LIMI FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashrifi davomida o‘tkazilgan majlis bayonlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita o‘tkazilgan majlis bayonlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hujjatlari (buyruqlar, qo‘shma qaror, topshiriqlar, xatlar va h.k.)da yuklatilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tizimli nazoratni yuritadi;
universitet rektori buyruqlarining tarkibiy bo‘linmalar, huzuridagi texnikum, lisey, ilmiy tadqiqot institutlari, fakultetlar, kafedralar tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
universitetning tarkibiy bo‘linmalari, huzuridagi texnikum, lisey, ilmiy tadqiqot institutlari, fakultetlar, kafedralarda ijro nazoratini tashkil etishda metodik rahbarlik qiladi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari ijrosi bo‘yicha universitetda bajarilgan ishlarni nazorat qiladi hamda umumlashgan ma’lumotlarni har oyda, chorakda ma’lumot kiritib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, Universitet bo‘linmalari, Universitet huzuridagi texnikum, lisey, ilmiy tadqiqot institutlari, fakultetlar, kafedralar tomonidan murojaatlar o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va monitoringini olib boradi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi mas’ul ijrochilar tomonidan buzilishi to‘g‘risida rektorni darhol xabardor qiladi;
universitet huzuridagi texnikum, lisey, ilmiy tadqiqot institutlari, fakultetlar, kafedralari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
rektorni qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
universitet bo‘linmalarida belgilangan tartibda ish yuritishni tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentning Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida va tashrifi davomida o‘tkazilgan majlis bayonlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida va vazirlik hujjatlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, Rektor oldi yig‘ilishi va Kengash muhokamasiga kiritadi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan, universitet tizimidagi bo‘linmalar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib boradi va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha joylardagi holatni nazorat qilib boradi;
universitet buyruqlarining bo‘linmalari, Universitet huzuridagi texnikum, lisey, ilmiy tadqiqot institutlari, fakultetlar, kafedralar tomonidan bajarilishi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, Rektor oldi va Kengash muhokamasiga kiritadi;
universitetning bo‘linmalari, ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralarda ijro intizomi holatini tizimli ravishda maqsadli va kompleks o‘rganadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatadi;
universitet bo‘linmalari, Universitet huzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida sifatli ko‘rib chiqishni ta’minlash, murojaatlar bo‘yicha ish yuritishning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etilishini ta’minlaydi;
universitetda O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, bo‘limga taalluqli bo‘lgan Universitet buyruqlari, Kengash qarorlarida Bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq vazifalar bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonalari, vazirlik hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda ro‘yxatga olish va mazmunan o‘rgangan holda ijrochiga yetkazishni ta’minlaydi;
nazoratga olingan murojaatlarga mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda javob xati (murojaat muallifiga, tegishli tashkilot va idoralarga) yuborilishini nazorat qiladi;
bo‘linmalar rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (rektor tomonidan tasdiqlangan) asosida universitetda og‘zaki qabullarni tashkillashtiradi;
universitet rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan sayyor qabullarni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval asosida sayyor qabullarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
universitetga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati bo‘yicha haftalik, oylik, choraklik, yillik tahlillarni yuritadi hamda universitet rektor oldi va Kengash yig‘ilishlarida axborot berib boradi;
Universitet bo‘linmalari, bo‘linmalari, Universitet huzuridagi texnikum, lisey, ilmiy tadqiqot institutlari, fakultetlar, kafedralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga har chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etib boradi;
Universitetning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi ilmiy tadqiqot markazlarining hujjatlar, topshiriqlar, ular bo‘yicha vazifalarning ijrosini nazorat qiladi;
yo‘nalishidan kelib chiqqan holda Universitet tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
universitet bo‘linmalarida ro‘yhatga olingan xatlar hisobini yuritadi va ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi hamda Rektorga taqdim etadi;
Bo‘lim bevosita faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirib boradi.
III. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari
3.1. Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
universitetning tarkibiy bo‘linmalari, Universitet huzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralar bilan hamkorlikda ish yuritadi;
bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni universitetning bo‘linmalari, huzuridagi texnikum, lisey, ilmiy tadqiqot institutlari, fakultetlar, kafedralar belgilangan tartibda nazoratga oladi;
joylarda ijro intizomini maqsadli o‘rganish uchun belgilangan tartibda Ishchi guruhlarni shakllantirishda universitetning tarkibiy bo‘linmalari, bo‘linmalari, Universitet huzuridagi texnikum, lisey, ilmiy tadqiqot institutlari, fakultetlar, kafedralar xodimlarini jalb etadi;
universitetning bo‘linmalari, huzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralarda ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritadi;
universitetning bo‘linmalari, ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralarda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etadi;
vakolati doirasida tegishli masalalarni puxta ishlab chiqish uchun universitetning bo‘linmalari, huzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralarning vakillarini belgilangan tartibda jalb qiladi, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etadi;
universitetning bo‘linmalari, huzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralardan bo‘lim vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha yozma va og‘zaki izohlarni talab qiladi;
universitet raxbariyatiga bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha, shuningdek hujjatlar bilan ishlashning yangi metodlari va vositalarini joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
o‘z vakolati doirasida ijro etilishi shart bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlashga tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
boshqa masalalar bo‘yicha Universitetning bo‘linmalari, huzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralar bilan birgalikda harakat qiladi;
bo‘lim amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ega.
3.2. Bo‘limning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishdagi majburiyatlari:
universitet buyrug‘i bilan bo‘limga yuklatilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlaydi;
ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan muntazam ravishda rektorga tahliliy ma’lumot kiritadi;
ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot berib boradi;
universitetning bo‘linmalari, huzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, fakultetlar, kafedralardan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni oladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ-2881-son, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori va 29.03.1999 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2021 yildagi “«Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-son qaroriga muvofiq ijro intizomini ta’minlash talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
Bo‘lim funksional vazifalariga tegishli jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda qonun hujjatlari asosida hal etilishi mas’ul bo‘ladi;
dasturlar, harakat rejalari, yo‘l xaritalari va boshqa dasturiy hujjatlarini samarali amalga oshirishda ishtirok etadi;
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish va himoya qilishni ta’minlaydi.
T/R | Fayl nomi | Holati | Amal | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling