Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor
Raxmatullayev Ziyodullo Xabibullayevich 1985-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Oilali. 6 nafar farzandi bor. Jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektor yordamchisi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani, Filologiya fakulteti dekani, Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. Lavozim yo'riqnomasiYoshlar masalalari va maʼnaviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorning lavozim vazifalari:- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish; - Ma'naviy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash; - Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiya jarayonlariga oid masalalar boʻyicha mutasaddi yuqori tashkilotlar buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari, AFUning Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil qilish; - Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy jarayonlarni ta'minlaydigan boʻlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; - Boʻlimlar, fakultet va kafedralar ma'naviy-ma'rifiy jarayoniga oid ish rejalarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; - Professor-o'qituvchilar va oʻquv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar va boʻlimlarni malakali kadrlar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish; - Oliy ta'lim muassasalari bilan ma'naviy-ma'rifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o'qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash; - Oʻrnatilgan tartibda AFUning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, maʼnaviy-ma'rifiy faoliyatini takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish; - AFUni oʻrnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan oʻtkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etish. Yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan yuqori ma'lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash; - Gumanitar ta'lim va ma'naviy-ma'rifiy ishlar Kengashi ishini tashkil etish, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni AFUning ma'naviy-ma'rifiy ishlarida faol qatnashishlarini taʼminlash; - Talabalar ongiga milliy gʻoyani singdirish, ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta'sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish; - Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat'iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish; - AFU jamoa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimi uchun zarur me'yoriy hamda uslubiy xujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish; - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o'qituvchilarga oʻz vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish, maxsus kurslarini tashkil etish, turli mavzulardagi ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob tadbirlarini uyushtirish; - Vazirlikning ma'naviy-ma'rifiy masalalar boʻyicha qabul qilgan xujjatlarni AFU jamoasiga oʻz vaqtida yetkazish va bajarilishini ta'minlash; - Talabalarda ma'naviy boqimandalik kayfiyatini yoʻqotish va ularda oʻz tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish; - Xuquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash; - Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni pedagoglar, talabalar va keng jamoatchilikka yetkazish tizimini tashkil etish; - Ma'naviy-ma'rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yoʻlga qoʻyish; - Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedralarining uslubiy va informatsion adabiyot, qoʻllanma va boshqalar bilan taʼminlash, professor-o'qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini oʻrganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash; - Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash; - Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil qilish boʻyicha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijodiy-badiiy, sport-sog'lomlashtirish to'garaklarini tashkil etish; - AFU sport klublari faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari boʻyicha tayyorlash, "Universiada" sport musobaqalarida faol qatnashishini ta'minlash; - AFUda talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga xar tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish; - Talaba-o'quvchilar orasida badiiy adabiyotni, yuksak saviyali badiiy asarlarni oʻqish va oʻrganish ishlarini tashkil qilish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko'rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, gʻoliblarni rag'batlantirish; - AFU axborot-resurs markazining turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy- ommabop nashrlar bilan boyitib borish; - AFUning sport-sog'lomlashtirish, dam olish, madaniy xordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta'minlash masalalarini nazorat qilish; - Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim, nogiron, kam ta'minlangan, koʻp bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqida habardor boʻlish va ularning ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan tegishli ishlarni amalga oshirish; - Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg'armalari, mahallalar bilan fakultetlar va AFUning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish; - Koʻp nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta'minlash, ularda AFU dagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning doimiy yoritib borishni tashkil qilish; - Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik toʻgaraklari, koʻriklar tanlovlar va olimpiadalarni muntazam oʻtkazilishini tashkil etish; - Respublika, viloyat va shahar miqyosida boʻladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o'qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta'minlash; - Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar yoʻnalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritish va chora-tadbirlar ishlab chiqish; - Professor-o'qituvchi va talabalarning oʻzaro munosabatlarida odob-axloq me'yorlari va muomala madaniyatiga qaratilgan tegishli ishlarni amalga oshirish; - "Ustoz-shogird" tizimi faoliyatini takomillashtirish va milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlantirilishini ta'minlash; - Ustoz va murabbiylar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; - Ommavviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil qilish, AFUda oʻtkazilayotgan tadbirlarda xodimlarning ommaviy-axborot vositalarda chiqishlarini yoritilishini tashkillashtirish; - Professor-o'qituvchilarni tarbiya klasteri va uning nazariy muammolarini tadqiq qilishga yo'naltirish; - Tarbiya sohasida ta'lim bosqichlari oʻrtasidagi integratsiya, innovatsiya, uzviylik, uzluksizlik, izchillik, samarali vorisiylikni ta'minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan oʻtkazish; - Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish. Bilishi kerak:- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, Vazirlik buyruqlarini, AFU Ustavi va Ichki mehnat-tartib qoidalarini, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiya jarayoniga oid boshqa normativ hujjatlarni. Malaka talablari:- Oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalarga; - Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda ijodiy qobiliyatlarga ega boʻlish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga; - AFUda bakalavr va magistrlar tayyorlash yoʻnalishlari mutaxassisliklaridan biri boʻyicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlishi; - AFUda ta'lim muassasasining tegishli boshqaruv boʻgʻinlarida kafedra mudiri, fakultet dekani yoki oʻrinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur. |
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling