img
img
img

Kadrlar bo‘limi

Markaz yoki Boʼlimlar maʼlumotlari

Asosiy maʼlumotlar

– Ishga olingan har bir xodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini hamda faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– Universitet professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va xo‘jalik-xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash;

– Professor-o‘qituvchi va xodimlarning qo‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish;

– Universitet nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;

– Universitet xodimlarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda rahbariyatga taklif kiritish;

– Universitetning bakalavriyat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat Attestatsiya komissiyasi qarori asosida  universitet rektorining buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berish;

– O‘qishga qabul qilingan talabalarni shaxsiy hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar saqlash;

– Bitiruvchi talabalarga diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni o‘rnatilgan tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish;

– Universitet tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom, diplom ilovalari va guvoxnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, universitetning  barcha xodimlari, talabalari to‘g‘risida huquq-targ‘ibot organlari so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llaydi;

– Universitetning bakalavriyat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar rasmiylashtirilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bankini yaratadi.

Kadrlar bo‘limi tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling