Soʼnggi yangilanishlar: 10 Feb 2025
“Moliya” kafedrasi 2023-yil 29-avgustdagi 1-son universitet kengashining qarorlariga muvofiq ravishda tashkil etilgan. Mazkur kafedraga 2023-yil 24-avgustdan hozirgi kunga qadar iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Mirzayev Bobur Soyibjonovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borib boshqarib kelmoqda.
Kafedrada 60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar hamda 60410500 - Bank ishi va auditi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha balkalavrlar tayyorlanmoqda. Ularga bugungi kunda kafedradagi jami 30 nafar professor-oʻqituvchilar dars mashgʻulotlarini olib bormoqda. Professor-oʻqituvchilardan 2 nafari professor, 19 nafari dotsent, 2 nafari katta va 3 nafari oʻqituvchi hisoblanadi. Shuningdek oʻrindoshlik va soatbay asosida ham 4 nafar amaliyotchi soha mutaxassislari jalb qilingan.
Darslar tajribali professor-oʻqituvchilar hamda biznes sohasi vakillari tomonidan interaktiv metodlar asosida olib borilmoqda. Shuningdek, kafedra mamlakatimiz va chet eldagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilib, ushbu hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar oʻzlarining kasbiy va pedagogik mahoratlarini oshirmoqdalar.
Shuningdek, talabalar amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan trening va stajirovkalarda qatnashish imkoniyatiga ega.
Kafedra innovatsion tadqiqotlar olib borish, talabalarni moliya va bank sohasida yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashga qaratilgan ilgʻor taʼlim dasturlarini amalga oshiradi.
MOLIYA KAFEDRASIDA OʻTILADIGAN DARSLAR
Bakalavrda:
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy taʼlimning oʻquv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan shaxsga “bakalavr” malakasi (darajasi) hamda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. Oʻquv reja va fan dasturining meʼyoriy muddati va moye malaka (daraja)si 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Oʻquv reja va fan dasturining muddati va bitiruvchilarning malaka (daraja)si
Oʻquv reja va fan | Malaka | Oʻquv reja va fan dasturini |
Bakalavriatning oʻquv reja va fan dasturi | Bakalavr | 4 yil |
MOLIYA KAFEDRASINING TAʼLIM YOʻNALISHLARI BOʻYICHA YILLIK KVOTA
“Moliya” kafedrasi | |||||
Bakalavriat | |||||
№ | Shifr | Yoʻnalish nomi | Taʼlim shakli | Oʻzbek guruhi uchun kvota | Rus guruhi uchun kvota |
1 | 60410400 | Moliya va moliyaviy texnologiyalar | Kunduzgi Kechki Sirtqi | 19 000 000 17 000 000 14 000 000 | 25 25 25 |
2 | 60410500 | Bank ishi va auditi | Kunduzgi Sirtqi | 19 000 000 14 000 000 | 30 30 |
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar bakalavriat taʼlim yoʻnalishi iktisod soxasidagi taʼlim yoʻnalishi boʻlib, u aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi, moliya-sanoat guruhlari va transmilliy korporatsiyalar faoliyat mexanizmi, xolding kompaniyalari moliyasi, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar moliyasi, qoʻshma korxonalar moliyasi, qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatni tashkil etish, moliyaviy nazorat, moliya bozoridagi operatsiyalarni yuritish, oʻzaro hisob-kitoblarni tashkil etish, korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish bilan boglik kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha
bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
- kripotobirjalarda kriptovalyutalar savdosini tashkil etish va amalga oshirish;
- raqamli bank xizmatlarini yoʻlga qoʻyish va xizmat koʻrsatish;
- onlayn sugurta xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish;
- elektron toʻlov va pul oʻtkazish tizimlari xizmatlarni tashkil etish;
- fond birjasi va birjadan tashqari bozorlarda qimmatli kogozlar elektron savdolarni tashkil etish;
- elektron savdolarni amalga oshirish;
- depozitariylarda kastodian xizmatlari koʻrsatish;
- elektron investitsion vositachilik xizmatlari koʻrsatish;
- valyuta birjasi elektron valyuta savdolarini amalga oshirish;
- tovar-xom ashyo birjasida onlayn savdolar boʻyicha xizmat koʻrsatish;
- tijorat banklarida moliyaviy operatsiyalar boʻyicha onlayn xizmatlarni amalga oshirish;
- moliya bozori institutlari bilan moliyaviy munosabatlar oʻrnatish;
- tovar va xizmatlar bozorida moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish.
- aksiyadorlik jamiyatlarida moliya institutlari bilan moliyaviy texnologiyalar vositasida munosabatlar oʻrnatish;
- onlayn moliyaviy maslahat xizmatlari koʻrsatish;
Taʼlimni davom ettirish imkoniyatlari 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
- iqtisodiyot sohalarini qamrab oluvchi tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha belgilangan muddatda oʻqishni davom ettirishi mumkin.
Shuningdek, oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadkiqotchilik asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin.
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar bakalavriat taʼlim yoʻnalishi malaka amaliyotlariga qoʻyiladigan umumiy talablar
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar bakalavriat taʼlim yoʻnalishida malakaviy amaliyot kuyidagi boskichlarda amalga oshiriladi:
- oʻquv-tanishuv;
- ishlab chikarish;
- bitiruv oldi.
Oʻquv-tanishuv amaliyoti - talabalarni moliyaviy texnologiyalar bilan umumiy tarzda tanishtirish maqsadida moliya bozori institutlarida amalga oshiriladi. Xususan, moliyaviy texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish maksadida oʻtkaziladi.
Bu jarayon:
- moliyaviy texnologiyalar koʻllanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlar;
- Oʻzbekistan Respublikasining innovatsion rivojlanish davlat dasturlari;
- moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga joriy etish dasturlari;
- rakamli moliyaviy institutlarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- moliya bozori institutlarida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar;
-ustuvor va istikbolli investitsiya loyihalar va ularni amalga oshirish dasturlari yuzasidan koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Ishlab chikarish amaliyoti - ixtisoslik fanlari bloki tarkibidagi fanlardan oʻtkaziladi. Taʼlim yoʻnalishi talabalarida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida mustakil ishlash koʻnikmalarini karor toptirish maqsadida oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyot bilan uzviy bogliqlikda mustahkamlashini taʼminlashga qaratilgan.
Ishlab chiqarish amaliyoti:
- iqtisodiyot tarmoqlarida moliyaviy texnologiyalarni yoʻlga qoʻyish va amalga oshirish;
- moliyaviy texnologiyalardagi jarayonlar uzluksizligini taʼminlash;
- moliyaviy texnologiyalar asosida moliya bozorining rivojlanish yoʻnalishlaridan davlat, xoʻjalik subyektlari va aholi foydalanishiga sharoitlar yaratish;
- moliyaviy texnologiyalarga doyr hisob-kitoblarda dasturiy komplekslardai foydalanish.
Bitiruv oldi amaliyotida talaba bitiruv malakaviy ishi mavzusi boʻyicha ilmiy-nazariy ishlanmalarni oʻrganish jarayonida orttirgan tadqiq manbalarini amaliy, statistik maʼlumotlar bilan asoslashi, innovatsion iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida soxa muammolarinn aniqlashi hamda ularning anik yechimini ishlab chiqish koʻnikmasini orttirishi, bitiruv malakaviy ishi mavzusiga doyr maʼlumotlar, materiallar va boshka manbalar bazasini shakllantirishi nazarda tutilgan.
Bunda:
- bitiruvchini bevosita malaka talablariga muvofik mustaqil ishlashga tayyorlash;
- oʻzlashtirgan nazariy bilimlarini chukurlashtirish va mustahkamlash;
- jamoada tashkilotchilik va rahbarlik tajribasnni orttnrish;
- korporativ tuzilmalar moliyasini tashkil etish boʻyncha ilmiy-amaliy faoliyat orqali iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasini oʻrganish, tahlil qilish, ilmiy xulosa va amaliy takliflar ishlab chiqish yuzasidan zarur koʻnikmalar shakllantiriladi.
Malakaviy amaliyotni oʻtash muddatlari oʻkuv rejasi grafigida muvofiqlashtirilgan. Uning yakunnda talaba dastur doirasida bajargan ishlari boʻyicha hisobot tayyorlaydi hamda kafedra tarkibidan shakllantirilgan komissiya oldida uni himoya kiladi.
Talabaning ilmiy-tadqiqot ishi unda kasbiy kompetensiyani shakllantirish va mustahkamlashga koʻmaklashadi. Bitiruvchi kafedraning ilmiy faoliyatida faol ishtirok etishi, kurs ishlari, malakaviy amaliyot maksadli bajarilishi va uzviy ravishda bitiruv malakaviy ishining asosiy manbasi boʻlishini nazarda tutadi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish yuzasidan quyidagi shart-sharoitlar taʼminlangan:
- ilmiy ishlarning mavzulari roʻyxati bilan talabalarni oʻz vaqtida xabardor qilish;
- kadr tayyorlovchi fakultet (kafedra)ning ilmiy mavzusi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi uchun talabalarni belgilangan meʼyor darajasida taʼminlash;
- OTMning axborot resurs markazida mustaqil ilmiy-tadkiqot ishlarini olib borish uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
- talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalarini tashkil qilish.
60410500 - Bank ishi va auditi taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi taʻlim shakllarida amalga oshiriladi. Vu taʻlim shakli boʻyicha oʻqitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilingan. Kunduzgi taʻlimda bakalavriat dasturining meʻuoriu muddati 4 yil.
60410500 - Bank islti ua auditi - fan va iqtisod sohasidagi yoʻnalish boʻlib, u davlat,
aksionerlik, qoʻshma va xususiy tijorat banklarini boshqarish va nazorat qilish, auditdan oʻtkazish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash boʻyicha iqtisodiy, tashkiliy
masalalar yechimlarini banklarning rivojlanish qonuniyatlari hamda zamonaviy konsepsiyalari
asosida ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab
oladi
60410500 - Bank ishi va auditi taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
- tegishli vazirlik va idoralar;
- tijorat banklari;
- nobank kredit tashkilotlari;
- byudetdan tashqari jamgʻarmalar;
- investitsiya va sugʻurta tashkilotlari;
- auditorlik tashkilotlari;
- aksiyadorlik jamiyatlari;
- davlat hokimiyati organlari;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʻektlari;
- birjalar;
- qoʻshma korxonalar;.
- moliya-bank sohasida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar;
- moliya-kredit bozorlarida faoliyat yurituvchi muassasalar hisoblanadi.
60410500 — Bank ishi va auditi taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
60410500 — Bank ishi va auditi taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.
Bank ishi va auditi taʻlim yoʻnalishi boʻyicha Milliy malaka ramkasining malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obʻektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir boʻlishadi:
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda moliya-bank tizimining rivojlanish tendensiyalari va koʻrsatkichlariga baho berish, uni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va bu borada amalga oshiriladigan islohotlar mohiyatini tushunish hamda tadqiqot ishlarini ulardan kelib chiqqan hołda amalga oshirish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy usłublarni qoʻllay olish;
- mavzu (topshiriq) boʻyicha ilmiy-amaliy maʻlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va olingan maʻlumotlarni tizimlashtirish;
- ilmiy-tadqiqot natijalari va yangiliklarni amaliyotga tadbiq etish yuzasidan asoslangan takliflarni loyiha chifatida ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo ʻlishadi.
Ishlab chiqarish faoliyatida:
- bank faoliyati va u bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ulardan oʻz faoliyatida foydalana olish;
- bank faoliyatida biznes-rejalarni koʻrib chiqish va loyiha samaradorligini baholash;
- moliya bozorida vositachilik qilish;
- bank mijozlarining toʻ lov qobiliyatini baholash usullarini bilish va qoʻllash;
- bank sohasini rivojlantirish yoʻnalishlarini tadqiq etish;
- banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish yoʻllarini ishlab chiqish;
- banklarning aktivlari, majubriyatlari, kapitali, daromad va xarajatlari hamda koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha operatsiyalarning hisobini yuritish va hisobotlarini tayyorlash;
- moliya-bank sohasidagi maʻlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish usullarini bilish;
- iqtisodiy maʻlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish;
- bank tizimi faoliyatini xalqaro amaliyot mezonlari, meʻyorlari va talablari asosida tahlil qilish;
- bank tizimidagi koʻrsatkichlar dinamikasi va oʻzgarish tendensiyalarini tahlil qilish;
- bank faoliyatiga doir moliyaviy va statistik hisobotlarini tuzish hamda ularni tahlil qilish;
- bank xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalari vositalaridan foydalanish qobiliyatlariga ega bo ʻlishadi.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
- bank tizimida korporativ boshqaruv tartib va tamoyillarini bilish;
- moliya-bank tizimiga doir qonunchilikka muvofiq boshqaruv mezonlarini anglagan boʻlish;
- bank ishi va auditini toʻgʻri tashkil qilish va samarali boshqarishni amalga oshirish;
- bank tizimida moliyaviy boshqaruv va xodimlarni boshqarish strategiyalarini bilishi va amaliyotda qoʻllay olish;
- moliya-bank faoliyatidagi muammolarni yechimlarini amaliyotga tatbiq etish;
- bajarayotgan faoliyati boʻyicha ish rejasini tuzish, uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash;
- moliya-bank sohasining xalqaro hamda milliy mosligini monitoring qilish qobiliyatlariga ega boʻlishadi.
Dotsent
Dotsent
Dotsent
Dotsent
Dotsent
Dotsent
Dotsent
Katta o‘qituvchi
Katta o‘qituvchi
Katta o‘qituvchi
Assistent
Assistent
Stajyor o’qituvchi
Xona mudiri
T/R | Fayl nomi | Holati | Amal | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling