img
img

Turizm fakulteti

Dekan: Sayfutdinov Shuxratjon Sultonovich

Fakultetlar sahifasi Turizm fakulteti

Fakultet haqida

Turizm fakultetida mehnat bozoriga yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Turkiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Chexiya singari davlatlarning  oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Xorijiy hamkorlar bilan mahorat darslari va masofaviy oʻquv mashgʻulotlari tashkil etib kelinmoqda. Bu kabi xalqaro tajribalar talabalarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlanitirishga hissa qoʻshmoqda.

Bu yerda talabalar amaliyoti turizm sohasida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan hamda oʻz tarkibida top-menejerlarni jamlagan turoperatorlik firmalari, turistik agentliklar va mehmonxonalarda tashkil etiladi. Oʻquv mashgʻulotlari potensial ish beruvchilarning boʻlajak turizm menejerlar kasbiy malakasiga qoʻygan talablari asosida olib boriladi. Mutaxassislik fanlarining asosiy kontenti ayni shu talablar negizida shakllantirilgan.

Talabalarda mutaxassislik fanlariga oid amaliy kompetensiyalarni mustahkam shakllantirish maqsadida turistik kompaniyalarga tashriflar uyushtiriladi va madaniy meros obyektlariga ekskursiyalarga olib boriladi. Sayyor mashgʻulotlarning tizimli yoʻlga qoʻyilishi taʼlim va turistik biznes integratsiyasi yanada kuchayishiga zamin yaratmoqda.

Kafedrada dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarini tahlil qilgan holda tanlov fanlari roʻyxati ishlab chiqilgan. Kredit-modul tizimida tanlov fanlari ulushi alohida rejalashtirilgan hamda talabalarda mutaxassislikka oid professional koʻnikmalarni chuqur shakllantirib borishga yoʻnaltirilgan.

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) va mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishlarining asosiy vazifasi mamlakatimizga keladigan sayyohlarga xalqaro talablar darajasida xizmat ko‘rsatish va ularda yaxshi taassurot qoldirish san’atini o‘zlashtirish yuzasidan bilim, ko‘nikmalar beriladi.

Jahon standartlari asosida xizmatlar (servislar) ko‘rsatuvchi yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

 “Turizm” fakulteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Ta’lim sifatini nazorat  qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 12-avgustdagi № 034974-sonli  litsenziyasi  asosida tashkil etilgan.

Yo‘nalishlar

Bakalavriat

Shifr

Yo‘nalish nomi

Taʼlim shakli

To‘lov shartnoma miqdori

O‘zbek guruhi uchun kvota

Rus guruhi uchun kvota

1

611010400

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

Kunduzgi

Kechki

Sirtqi

17 000 000

15 000 000

11 000 000

25

25

25

10

10

10

2

61010100

Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

Kunduzgi

Kechki

Sirtqi

17 000 000

15 000 000

11 000 000

25

25

25

10

10

10

3

60730100

Arxitektura (turlari boʻyicha)

Kunduzgi

Kechki

Sirtqi

18 000 000

16 000 000

11 000 000

30

 

4

60722500

Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha)

Kunduzgi

Kechki

Sirtqi

17 000 000

15 000 000

11 000 000

30

 

5

60210400

Dizayn (turlari bo‘yicha)

Kunduzgi

Kechki

Sirtqi

17 000 000

15 000 000

11 000 000

30

 

Magistratura

1

71010401

Turizm (faoliyat turlari boʻyicha)

Kunduzgi 

30 000 000

30

 
Maʼlumotlar hali joylanmagan

Turizm fakulteti tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylanmagan

Fakultet dekani

user
Maʼlumotlar
Maʼlumotlar hali joylanmagan
sh.sayfutdinov@afu.uz
78 122 75 57

OTM Eʼlonlari

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling