WDOMS – World directory of Medical Schools
Butunjahon tibbiyot maktablari katalogi |
|
WDOMS - Butunjahon tibbiyot maktablari katalogining missiyasi butun dunyo bo’yicha tibbiyot maktablari yagona katalog tizimini yaratish. Bu tizimga tibbiyot maktablari haqida aniq, to’liq va dolzarb bo’lgan ma’lumotlar kiritib boriladi.
Tibbiyot ta’limi bo’yicha Butunjahon Federatsiyasi (WFME) va FAIMER (Intealth bo’linmasi) nodavlat tashkiloti o’rtasidagi hamkorlik doirasida WDOMS tashkil etilgan.
WDOMS o’zidan oldin mavjud bo’lgan WFME* tashkiloti qoshidagi Avicenna katalogi va FAIMER* tashkiloti qoshidagi Xalqaro tibbiyot ta’limi katalogi (IMED) tizimidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan.
WDOMS tibbiyot maktabini “ta’lim muassasasi” sifatida tan oladi va ushbu muassasa bazaviy tibbiy ta’limni o’qitishi va to’liq tibbiyotga oid bilimlarni yetkazishi bo’yicha ya’ni ushbu muassasani bitiruvchi nomzod “tibbiyot mutaxassisi” yoki “shifokori” sifatida malakalanganini kafolatlaydi.
Bulardan tashqari, WDOMS tibbiyot ta’lim muassasasi haqida to’liq va aniq ma’lumotlarni to’playdi, mavjud o’quv dasturlari, qabul shartlari, muassasaning mavjud filiallari va aloqa ma’lumotlarini ham rasmiy sahifalarda yoritadi. Agar tibbiyot ta’lim muassasasida 1 yoki undan ortiq tibbiyotga oid ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lsa, ushbu dasturlar haqida rasmiy sahifalarda alohida ma’lumotlarni shakllantiradi.
Ma’lumot uchun:
WFME – Tibbiyot ta’limi bo’yicha Butunjahon Federatsiyasi tibbiyot xodimlarini tayyorlash va o’qitishni amalga oshiradigan xalqaro tashkilot hisoblanadi. Ushbu xalqaro tashkiolot missiyasi - insoniyat uchun eng yaxshi tibbiy xizmatlarni ko’rsatish va bu orqali insonlarni salomatligini saqlash. Asosiy maqsadi tibbiyot ta’limi bo’yicha eng yuqori ilmiy va etik standartlarni ishlab chiqish va joriy qilish, bu orqali tibbiyot ta’limi sifatini oshirish.
FAIMER (Intealth bo’linmasi) – xususiy nodavlat tashkilot hisoblanadi, butun dunyo bo’ylab sog’liqni saqlash sohasi va uni vakillarini maxsus ilmiy dasturlar orqali qo’llab-quvvatlaydi. FAIMER doirasidagi stipendiya dasturlari butun dunyodagi sog’liqni saqlash sohasidagi mutaxassislariga eng ilg’or va dolzarb bilimlar hamda tajribalarni o’rgatishni ta’minlash.
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling