img
img

Buxgalteriya hisobi va soliq kafedrasi

Kafedra haqida




Kafedra 2024-yil 29-apreldagi 9-son universitet kengashi qarori bilan tashkil etilgan.

Kafedrada jami 10 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 1 nafar professor, 5 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi va o'qituvchilar faoliyat olib boradi. 2024-yil 7-avgustdan iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Boltayev Abror Sayitmuradovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:



Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlandi va chop etildi. Shuningdek, 2 ta ilmiy monografiya chop qilingan.


    

   

Kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishi: Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, iqtisodiy tahlil, auditorlik faoliyati va moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish. 

Mazkur ustuvor yo‘nalish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda 21 ta ilmiy maqolalar hamda 10 ta xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari ma’ruza tezislari chop etilgan. 

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda hamda o‘quv yili davomida ilmiy seminarlar tashkil qilinmoqda:

 


 

 


 

 



 

Shu bilan birga, 2025 yil 18-19 sentabrda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditorlik faoliyati hamda moliya-kredit mexanizmini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish” mavzusida Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

  


-------------------------------------------------------------------------------



Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditorlik faoliyati hamda moliya-kredit mexanizmini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”  respublika ilmiy-amaliy simpozium

 

PRESS-RELIZI

2025-yil 11–12 dekabr, Toshkent shahri

Toshkent shahridagi Alfraganus Universiteti tomonidan joriy yilning 11–12 dekabr kunlari “Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditorlik faoliyati hamda moliya-kredit mexanizmini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy simpoziumi o‘tkazilmoqda.



Mazkur anjuman raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, iqtisodiy tahlil va moliya-kredit mexanizmini chuqur modernizatsiya qilish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilish, ushbu yo‘nalishlarda zamonaviy, xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohani rivojlantirishga qaratilgan qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etilmoqda.


Tadbir moliya, buxgalteriya, audit, iqtisodiy tahlil, korporativ boshqaruv va raqamli boshqaruv tizimlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, talabalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari uchun muhim ilmiy-amaliy maydon bo‘lib xizmat qiladi. Simpoziumda mamlakatning yetakchi universitetlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, bank-moliya tashkilotlari, auditorlik kompaniyalari, korxonalar va davlat boshqaruvi idoralaridan ishtirokchilar qatnashadi.



Simpozium davomida quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar, taqdimotlar va ekspertlar muhokamalari o‘tkaziladi:

  • I. Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.
  • II. Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy tahlil va auditorlik faoliyatini xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish.
  • III. Raqamli iqtisodiyotda zamonaviy moliyaviy menejment va marketing tadqiqot usullaridan foydalanish yo‘llari
  • IV. Korxonalar moliya-kredit mexanizmini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish.
  • V. Raqamli iqtisodiyot davrida korxonalar faoliyatini diversifikatsiyalashning muhimligi.

Kongressning asosiy maqsadi — raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditorlik faoliyati hamda moliya-kredit mexanizmini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari bo‘yicha mavjud nazariy, normativ-huquqiy, tashkiliy, uslubiy va amaliy muammolarning yechimiga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.



Simpozium davomida nazariy, uslubiy va amaliy masalalar bo‘yicha ilg‘or tajribalar ko‘rib chiqilib, iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbu takliflar oliy ta’lim jarayoniga, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga, amaliy loyihalarga hamda real sektor amaliyotiga keng tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir doirasida yetakchi ekspertlar va professorlar tomonidan master-klasslar, amaliy seminarlar va interfaol sessiyalar tashkil etiladi. Qatnashuvchilar zamonaviy buxgalteriya hisobi dasturlari, moliyaviy boshqaruv tizimlari, raqamli analitik platformalar hamda ilg‘or boshqaruv texnologiyalari bilan yaqindan tanishadilar.

Bunday nufuzli ilmiy-amaliy simpoziumlarning o‘tkazilishi O‘zbekiston moliyaviy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiy tahlil va auditorlik faoliyatining samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarni tatbiq etishni kengaytirish hamda raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.






img
Shadmankulov Albakul Shadmankulovich

Dotsent

img
Sidiqov Nizomiddin G'ulomovich

Dotsent

img
Aitimbetov Amirbek Koishibekovich

Dotsent

img
Ataqulov Usmon Maxmadaminovich

Dotsent

img
Xujamuradova Surayyo Ibragimovna

O'qituvchi

img
Mamayunusov Bekzod Ravshanovich

O’qituvchi

img
Sharofiddinov Shohruh Ulug'bek o'g'li

O’qituvchi

img
Zohidov Tohir Mirzafar o'g'li

O’qituvchi

img
Nurmatov Zuhriddin Shavkat o’g’li

O’qituvchi

Buxgalteriya hisobi va soliq kafedrasi tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Kafedra mudiri

user

Boltayev Abror Sayitmuradovich

Buxgalteriya hisobi va soliq kafedrasi mudiri
Maʼlumotlar
a.boltayev@afu.uz
+90 178 28 45

OTM Eʼlonlari

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling