img
img

Xorijiy tillar kafedrasi

Kafedra haqida

“Xorijiy tillar” kafedrasi Filologiya fakultetiga qarashli bo‘lib, “Xorijiy filologiya” kafedrasi hamda “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi negizida, 2025-yil 1-apreldan boshlab,  ingliz, rus, xitoy va koreys tillarida mutaxassis tayyorlovchi kafedra sifatida faoliyat olib bormoqda.

   “Xorijiy tillar” kafedrasi faoliyati universitetning asosiy shiori bo‘lgan “Zamonaviy bilim va sharqona ta’lim” g‘oyasiga amal qilib, talabalarni zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallagan, mustaqil fikrlaydigan va shiddat bilan rivojlanayotgan texnologik taraqqiyotdan xabardor bo‘lgan mutaxassislar sifatida tayyorlashga qaratilgan. Kafedraning professor-o‘qituvchilari talabalarni nafaqat zamonaviy bilim olishga, balki milliy o‘zlikni anglash, sharqona ta’lim tizimi va uning qadriyatlarini chuqur o‘rganishga, shuningdek, universitet tomonidan yaratilgan ilg‘or ilmiy-texnik sharoitlardan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan.

Kafedrada jami 81 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan: 6 nafar professor, 17 nafar dotsent, 2 nafar PhD katta o‘qituvchi, 56 nafari katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar.

Kafedra faoliyatining maqsadi. Zamonaviy mehnat bozorining talablariga javob bera oladigan, ingliz, rus, xitoy va koreys tillarini mukammal egallagan, yuqori pedagogik salohiyatga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, talabalarni ushbu yo‘nalishda yetuk kadrlar sifatida shakllantirish asosiy maqsad etib belgilangan.

   Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda xorijdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda ularning professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan doimiy xalqaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, soha ekspertlari bilan seminar, trening va o‘quv kurslarini tashkil etishni qat’iy belgilab olgan.

       Ayni paytda kafedra Germaniyaning Berlin shahridagi Gumboldt universiteti, Mayns shahridagi Guttenberg universiteti, Rossiya Federatsiyasi Rostov-na-Donu shahridagi Janubiy federal universiteti, Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda shahridagi Qo‘rqit ota universiteti, Chimkent shahridagi Muxtor Avezov nomli Qozog'iston davlat universiteti, XXR Pekin tillar universiteti, XXR Dalian universiteti, Janubiy Koreyaning Namseoul universiteti, Malaziyaning Sulton Idris universiteti va O‘zbekistonning qator universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.


Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:

– o‘quv va o‘quv-uslubiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy, ustoz-shogird va maʼnaviy-maʼrifiy, yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;

– talabalarda o‘qish, eshitish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– umumiy va mutaxassisliklar bo‘yicha yangi terminlar orqali nigliz tili, rus tili, xitoy tili, koreys tilini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;

– nigliz tili, rus tili, xitoy tili, koreys tilida mutaxassislikka oid hujjatlar bilan tanishish hamda o‘rganilgan bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish;

– xalqaro miqyosdagi ilmiy yutuqlarni til nuqtai nazaridan tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish;

– talabalarni bo‘lajak kasb faoliyatida nigliz tili, rus tili, xitoy tili, koreys tilida aniq, to‘g‘ri, ravon va ishonch bilan gapira olish ko‘nikmasini baholash imtihoni bo‘lgan “ТРКИ”, “CEFR”, “TOPIC”, “HSK” imtihoniga tayyorlashdan iborat.

                           

I.Kafedra tomonidan o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar:

Filologiya fakulteti

Bakalavriat

Shifr

Yo‘nalish nomi

Ta’lim shakli


1

60111500

Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)

Kunduzgi

Kechki


2

60230100

Filologiya va tillarni o‘qitish (Rus tili)

Kunduzgi

Kechki



3

60230100

Filologiya va tillarni o'qitish (Ingliz tili)

Kunduzgi

Kechki



4

60230100

Filologiya va tillarni o'qitish (Xitoy tili)

Kunduzgi


5

60230100

Filologiya va tillarni o'qitish (Koreys tili)

Kunduzgi


Magistratura

1

70230101

Lingvistika (Rus tili)

Kunduzgi


2

70230101

Lingvistika (Ingliz tili)

Kunduzgi


 

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi. 

Rus tili yo‘nalishida:

Bakalavriatda 16 ta fan:

Tilshunoslikka kirish 

Adabiyotshunoslikka kirish

Folklor

Rus tili stilistikasi

Hozirgi rus tili tilshunoslik asoslari bilan

MDH xalqlari adabiyoti

Chet el adabiyoti tarixi

Hozirgi rus tili tilshunoslik asoslari bilan

Rus tili va adabiyoti o'qitish metodikasi

Rus adabiyoti tarixi

Ritorika

Chet el adabiyoti tarixi

Etnografiya

Adabiyotshunoslik asoslari

Rus tilini o’rganishda an'anaviy va innovatsion texnologiyalar

Rus tili (nomutaxassislar uchun)

Magistraturada 8 ta fan:

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Lingvistik tadqiqot asoslari

Lingvistik tadqiqot metodlari

Zamonaviy rus leksikologiyasi va leksikografiyasi asoslari

Zamonaviy rus frazeologiyasi muammolari

Til nazariyasi

Nutq madaniyati

Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti


Ushbu fanlar rus tili va adabiyoti bo'yicha chuqur bilimlarni, shuningdek, ilmiy tahlil va madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Magistratura dasturi tilshunoslik fani va metodologiyasining asosiy jihatlarini qamrab oluvchi 8 ta fanni o‘z ichiga oladi:

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Lingvistik tadqiqot asoslari

Lingvistik tadqiqot metodlari

Zamonaviy rus leksikologiyasi va leksikografiyasi asoslari

Zamonaviy rus frazeologiyasi muammolari

Til nazariyasi

Nutq madaniyati

Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti

 

Ushbu kurslar tilning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu tilshunoslik va madaniyatlararo muloqot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Ingliz tili yo‘nalishida:

Bakalavriatda 15 ta fan

  • Ogʻzaki nutq amaliyoti
  • Oʻqish va yozish amaliyoti
  • Amaliy grammatika va fonetika
  • Mamlakatshunoslik
  • Roman-german filologiyasiga kirish
  • O’lkashunoslik va turizm
  • Mustaqil ta'lim ko'nikmalari
  • O'rganilayotgan til nazariy aspektlari
  • Tili oʻrganilayotgan mamlakatlar adabiyoti
  • Tillar oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari
  • Qiyosiy tipologiya
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • O‘quv materiallarini ishlab chiqish metodikasi
  • Sohaga yo‘naltirilgan chet tili
  • Tanqidiy o'qish va yozish

Magistraturada 8 ta fan

  • Matn lingvistikasi
  • Ilmiy faoliyatga yoʻnaltirilgan chet tili
  • Qiyosiy tilshunoslik
  • Xorijiy tillarni o'qitish qiyosiy metodikasi
  • Kognitiv lingvistika
  • Zamonaviy lingvistika
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • Tili o'rganilayotgan mamlakat zamonaviy adabiyoti


Ushbu kurslar ingliz tilining nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu filologiya va madaniyatlararo muloqot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

 

 Xitoy va Koreys tili yo‘nalishida:

Bakalavriatda 14 ta fan

Xorijiy sharq tili

G'arb tili va adabiyoti (ingliz tili)

Mamlakatshunoslik

Yozma nutqni takomillashtirish

Tili o'rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti

Tinglab tushunishni takomillashtirish

Og’zaki nutqni takomillashtirish

O’qib tushunishni takomillashtirish

Sharq tilini o'qitish metodikasi

Sharq tilida yozma nutq-ieroglifika, xattotlik

Stilistika

Sharq tilida akademik yozma nutq

Sinxron tarjima

O'rganilayotgan tili nazariy va amaliy grammatikasi


Bu kurslar sharq tillari bilimini har tomonlama rivojlantirishga, shuningdek, tillari o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyati va adabiyotiga oid chuqur bilimlarni shakllantirishga xizmat qiladi, bu esa Sharq filologiyasi va madaniyatlararo muloqot sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga asos bo‘ladi.

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Kafedra mudiri

user
Maʼlumotlar
u.kochimov@afu.uz
+99850 850 88 13

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling