img
img

Iqtisodiyot kafedrasi

Kafedra haqida

Iqtisodiyot kafedrasi – zamonaviy iqtisodiy bilim va tafakkurlarni o‘qitishga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy kafedradir. Kafedra talabalarga jahon miqyosida toʼplangan va bir tizimga keltirilgan iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, qonunlarini, tamoyillarini, ularning amal qilish xususiyatlari va mexanizmlarini hamda ularni amalda tatbiq etish koʼnikmalarini chuqur o‘rgatish imkoniyatini taqdim etadi.

Darslar tajribali professor-o‘qituvchilar hamda biznes sohasi vakillari tomonidan interaktiv metodlar asosida olib boriladi. Shuningdek, talabalar amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan trening va stajirovkalarda qatnashish imkoniyatiga ega.

Kafedra innovatsion tadqiqotlar olib borish, talabalarni iqtisodiyot hamda jahon iqtisodiyoti sohasida yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashga qaratilgan ilg‘or ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.


60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)  yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar taraqqiyotning turli bosqichlarida va turli mamlakatlarda tarkib topib shakllangan nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan tanishtirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur boʼlgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga koʼmaklashish; ular ongiga iqtisodiy taraqqiyotda erishilgan yutuqlar asosida milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirishdir.

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishida o‘qigan talabalar kelajakda quyidagi sohalarda mehnat faoliyatini yurutishlari mumkin:

-        davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;

-        iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;

-        iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari;

-        tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari;

-        firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta'minlash;

-        ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari.

 


60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar jahon iqtisodiyoti rivojlanishining tamoyillari, nazariy asoslarini amaliyotga tadbiq etish; xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati sohasida hamkorlikning samarali yo‘nalishlarini aniqlay olish; jahon iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil etish va prognozlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; jahon iqtisodiyotining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash; jahon mamlakatlari iqtisodiyotini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va umumlashtirish hamda ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakatini tavsiflovchi iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirishdir.

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishida o‘qigan talabalar kelajakda quyidagi sohalarda mehnat faoliyatini yurutishlari mumkin:

jahon xo‘jaligi va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalari;

xalqaro bank, moliya va savdo munosabatlari, jahon xo‘jaligida ishlab chiqarish omillarining harakati hamda jahon iqtisodiyotidagi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda kechayotgan jarayonlar va ularning mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri jarayonlarida.



Yo‘nalishlar

“Iqtisodiyot” kafedrasi

Bakalavriat

Shifr

Yo‘nalish nomi

Ta’lim shakli

O‘zbek guruhi uchun kvota

Rus guruhi uchun kvota


           

60310100

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kunduzgi

Kechki

Sirtqi

25

25

25

10

10

10


60411900

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

Kunduzgi

Kechki

Sirtqi

25

25

25

10

10

10

Magistratura


70310102

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kunduzgi

30







img
Mirisayev Abduraxman Abdulaxatovich

Professor v.b.

img
Egamberdiyev Humoyun Xamroqul o'g'li

Dotsent

img
Usmanova Rano Mirjalilovna

Dotsent

img
Umarov Saidvali Saidaxmedovich

Dotsent

img
Egamberdiyev Muzaffar Farmonqul o'g'li

Dotsent

img
Po'latova Shaxnoza Abdurashidovna

O'qituvchi PHD

img
Karimova Nargiza Yodgorovna

O'qituvchi

img
Abdullayev Umidjon G'ofurovich

O‘qituvchi

img
Ahmidov O'tkirjon Alaviddin o'g'li

Katta o‘qituvchi

img
Aliyev Azim Tolib o'g'li

Katta o‘qituvchi

img
Baynazarov Elmurod Erkinovich

Katta o‘qituvchi

img
Muxotorova Umida Karimovna

Katta o‘qituvchi

img
Umarov Oqil Omiljonovich

Katta o'qituvchi

img
Abirova Nargizabonu Shavkatbek qizi

Dotsent. v.b PhD

img
Azizova Sayyora Hamdullayeva

Katta o'qituvchi

img
Alladustova Fotima Tulkinovna

O'qituvchi

img
Usmonova Sabohat Sobit qizi

Dotsent v.b

img
Mamidov Xusan

Professor

img
Nazarov Nazirjon Narzullayevich

Dotsent v.b

img
Fuzayalov Sarvar Abdusamatovich

Katta o'qituvchi

img
Mamayunusova Mehrangiz Olimovna

O'qituvchi PhD

img
Nazarov Ziyovuddin Sharafiddinovich

O'qituvchi

Iqtisodiyot kafedrasi tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Kafedra mudiri

user

Gafurov Anvar Bazarbayevich

Iqtisodiyot kafedrasi mudiri
Maʼlumotlar
g.anvar@mail.ru
Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

OTM Eʼlonlari

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling