
Alfraganus universiteti rektori M.M.Maxmudov 14 - fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 - yilligi munosabati bilan “KITOBLASHAMIZ” loyihasini e’lon qilmoqda.
Tanlov shartlari:
— Har kuni universitetning rasmiy telegram kanalida soat 21:00da klub rahbarlari tomonidan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari o’qib eshittiriladi;
— Siz mustaqil tarzda va ovozli chatlarni tinglash orqali loyihada faol ishtirok etib borasiz;
— 10-fevral kuni rektorimiz boshchiligida “Pizza party” o’tkaziladi va ushbu kitob yuzasidan munozara tashkil etiladi.
— Munozarada faol ishtirok etib, berilgan savollarga eng ko’p to’g’ri javob bergan talabalarga rektor sovg’asi taqdim etiladi.
Qo’shimcha ma’lumotlarni @otabek_027 telegram manzilidan oling!
ALFRAGANUS UNIVERSITY
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling