Ekologik barqarorlik bo'yicha ta'lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
Ekologik barqarorlik masalalari global kun tartibida muhim o‘rin egallaydi. Bu boradagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda taʼlim tizimining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ekologik muammolarni tushunish, ularning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, barqaror yechimlar ishlab chiqish uchun zamonaviy o‘quv dasturlariga ehtiyoj mavjud.
Ekologik barqarorlikka oid taʼlim dasturlari orqali talabalar va mutaxassislar orasida ekologik savodxonlik darajasi oshiriladi. O‘quv kurslarida biologiya, geografiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyot kabi yo‘nalishlar yoritiladi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar orqali barqarorlikni taʼminlashga doir innovatsion yondashuvlar va texnologiyalar ishlab chiqiladi. Atrof-muhit monitoringi, chiqindilarni boshqarish, energiya samaradorligi kabi sohalarda tadqiqotlar olib borish orqali dolzarb ekologik muammolar yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar shakllantiriladi.
Ushbu yondashuvlar taʼlim, fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash hamda ekologik barqarorlikka yo‘naltirilgan ilg‘or qarashlarning rivojlanishiga zamin yaratadi.
2025- yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Ushbu yil nomi, mazmun-mohiyati, ahamiyati shuningdek, barqaror rivojlanis...
2025 yilning fevral oyida “Qishloq hayoti” ijtimoiy-siyosiy gazetasida ALFRAGANUS UNIVERSITY olimlari tomonidan resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishga bag‘ishlangan...
"O‘zbekiston" radiosining "Oqshom to‘lqinlarida": Download audio
🟤Alfraganus universiteti "AFU EKO" klubi hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan "Eko madaniyat bugun kerakmi?" mavzusida onlayn ilmiy maqolalar tanlovi o'tkazilad...
🟤Alfraganus universiteti "AFU EKO" klubi hamda Raqamli texnologiyalar fakulteti talabalari O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida o'tkazilga...
🔴 TALABALAR PARLAMENTI KLUBI FAOLIYATIDAN🔵 Talabalar parlamenti klubining “AFU EKO” yo’nalishi rahbar talabalari O’zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida “Davla...
🟤Alfraganus universiteti hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan "Green Taxonomy for Sustainable Development: from green technologies to a green economy” (C...
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling