Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1 - prorektor
Turdiyev Madiyor Mamanazarovich 1984 - yilda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug'ilgan. Oilali. 2 nafar farzandi bor. O'z sohasi bo'yicha uzoq yillik tajribaga ega. Shu kunga qadar mazkur soha yo'nalishida o'qituvchi, katta o'qituvchi, kafedra mudiri, "Talabalar parlamenti" klubi rahbari kabi lavozimlarda ishlab kelgan. Lavozim yo'riqnomasiYoshlar masalalari va maʼnaviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorning lavozim vazifalari:- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish; - Ma'naviy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash; - Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiya jarayonlariga oid masalalar boʻyicha mutasaddi yuqori tashkilotlar buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari, AFUning Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil qilish; - Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy jarayonlarni ta'minlaydigan boʻlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; - Boʻlimlar, fakultet va kafedralar ma'naviy-ma'rifiy jarayoniga oid ish rejalarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; - Professor-o'qituvchilar va oʻquv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar va boʻlimlarni malakali kadrlar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish; - Oliy ta'lim muassasalari bilan ma'naviy-ma'rifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o'qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash; - Oʻrnatilgan tartibda AFUning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, maʼnaviy-ma'rifiy faoliyatini takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish; - AFUni oʻrnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan oʻtkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etish. Yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan yuqori ma'lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash; - Gumanitar ta'lim va ma'naviy-ma'rifiy ishlar Kengashi ishini tashkil etish, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni AFUning ma'naviy-ma'rifiy ishlarida faol qatnashishlarini taʼminlash; - Talabalar ongiga milliy gʻoyani singdirish, ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta'sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish; - Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat'iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish; - AFU jamoa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimi uchun zarur me'yoriy hamda uslubiy xujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish; - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o'qituvchilarga oʻz vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish, maxsus kurslarini tashkil etish, turli mavzulardagi ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob tadbirlarini uyushtirish; - Vazirlikning ma'naviy-ma'rifiy masalalar boʻyicha qabul qilgan xujjatlarni AFU jamoasiga oʻz vaqtida yetkazish va bajarilishini ta'minlash; - Talabalarda ma'naviy boqimandalik kayfiyatini yoʻqotish va ularda oʻz tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish; - Xuquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash; - Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni pedagoglar, talabalar va keng jamoatchilikka yetkazish tizimini tashkil etish; - Ma'naviy-ma'rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yoʻlga qoʻyish; - Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedralarining uslubiy va informatsion adabiyot, qoʻllanma va boshqalar bilan taʼminlash, professor-o'qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini oʻrganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash; - Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash; - Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil qilish boʻyicha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijodiy-badiiy, sport-sog'lomlashtirish to'garaklarini tashkil etish; - AFU sport klublari faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari boʻyicha tayyorlash, "Universiada" sport musobaqalarida faol qatnashishini ta'minlash; - AFUda talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga xar tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish; - Talaba-o'quvchilar orasida badiiy adabiyotni, yuksak saviyali badiiy asarlarni oʻqish va oʻrganish ishlarini tashkil qilish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko'rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, gʻoliblarni rag'batlantirish; - AFU axborot-resurs markazining turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy- ommabop nashrlar bilan boyitib borish; - AFUning sport-sog'lomlashtirish, dam olish, madaniy xordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta'minlash masalalarini nazorat qilish; - Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim, nogiron, kam ta'minlangan, koʻp bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqida habardor boʻlish va ularning ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan tegishli ishlarni amalga oshirish; - Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg'armalari, mahallalar bilan fakultetlar va AFUning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish; - Koʻp nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta'minlash, ularda AFU dagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning doimiy yoritib borishni tashkil qilish; - Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik toʻgaraklari, koʻriklar tanlovlar va olimpiadalarni muntazam oʻtkazilishini tashkil etish; - Respublika, viloyat va shahar miqyosida boʻladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o'qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta'minlash; - Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar yoʻnalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritish va chora-tadbirlar ishlab chiqish; - Professor-o'qituvchi va talabalarning oʻzaro munosabatlarida odob-axloq me'yorlari va muomala madaniyatiga qaratilgan tegishli ishlarni amalga oshirish; - "Ustoz-shogird" tizimi faoliyatini takomillashtirish va milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlantirilishini ta'minlash; - Ustoz va murabbiylar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; - Ommavviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil qilish, AFUda oʻtkazilayotgan tadbirlarda xodimlarning ommaviy-axborot vositalarda chiqishlarini yoritilishini tashkillashtirish; - Professor-o'qituvchilarni tarbiya klasteri va uning nazariy muammolarini tadqiq qilishga yo'naltirish; - Tarbiya sohasida ta'lim bosqichlari oʻrtasidagi integratsiya, innovatsiya, uzviylik, uzluksizlik, izchillik, samarali vorisiylikni ta'minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan oʻtkazish; - Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish. Bilishi kerak:- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, Vazirlik buyruqlarini, AFU Ustavi va Ichki mehnat-tartib qoidalarini, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiya jarayoniga oid boshqa normativ hujjatlarni. Malaka talablari:- Oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalarga; - Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda ijodiy qobiliyatlarga ega boʻlish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga; - AFUda bakalavr va magistrlar tayyorlash yoʻnalishlari mutaxassisliklaridan biri boʻyicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlishi; - AFUda ta'lim muassasasining tegishli boshqaruv boʻgʻinlarida kafedra mudiri, fakultet dekani yoki oʻrinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur. |
Be among the first to know about the latest news