img
img
img

Magistratura bo’limi

Markaz yoki Boʼlimlar maʼlumotlari

Asosiy maʼlumotlar

“Alfraganus university” nodavlat oliy ta’lim tashkilotida magistratura mutaxassisligi bo’yicha malakali mutaxassis kadrlarni mehnat bozoriga tayyorlab beradi. Malaka talablarini shakllantirish ish beruvchilarning xohish va ehtiyojlariga asoslangan. Mutaxassislik fanlarining asosiy kontenti ayni shu talablar negizida yaratilgan.


“Alfraganus university” Magistratura bо‘limi

Alfraganus universitetidada magistratura bо‘limi 2024-yildan yо‘lga qо‘yilgan. Hozirgi vaqtda Magistratura bо‘limi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura tо‘g‘risida nizom”ga asosan faoliyat olib bormoqda.

Universitetda magistratura bо‘limining 1-kursida 139 nafar, 2-kursida 195 nafar 11 ta mutaxassislik bо‘yicha tahsil olmoqda. Bu mutaxassisliklar bо‘yicha magistrantlarni tayyorlash
9 ta kafedra zimmasiga yuklatilgan.

Mutaxassislik fanlaridan darslarni о‘tishga va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun yuqori malakali professor-о‘qituvchilar, fan doktori va fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bо‘lgan olimlar, shuningdek, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida boy ish tajribasiga ega bо‘lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan. Bundan tashqari, magistratura о‘quv jarayoniga va ilmiy rahbarlikka respublikamizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan hamda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarmoq institutlaridan ham sohalar bо‘yicha taniqli olimlar, mutaxassislar taklif etilgan.


Magistratura bо‘limining vazifalari:

Magistratura bо‘limi magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtiradi, kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:


magistrlar tayyorlash bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va о‘qitish sifatini nazorat qilishga kо‘maklashishni;


о‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;


barcha fakultetlarning magistrlar tayyorlash bо‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;


magistrlarni о‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.


“Alfraganus university” magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari banki universitetning yetakchi professor-о‘qituvchilari, О‘zFAning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha ilmiy-tadqiqot institutlari tavsiyasi asosida yaratilgan bо‘lib, zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish muammolariga bag‘ishlangan dolzarb mavzulardir.


О‘qitishning zamonaviy texnik vositalarga muvofiqligi va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlashni yо‘lga qо‘yish, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlarini о‘quv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushini oshirish maqsadida magistrlik dissertatsiya ishlari himoyalarini aksariyat qismini Umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida, ilmiy-tekshirish institutlarda hamda akademik litseylarda о‘tkazish rejalashtirgan.

“Alfraganus university” da magistratura mutaxassisliklar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 25-noyabrdagi №050388-sonli va 2022-yil 30-dekabrdagi №056557-sonli litsenziyalari asosida tashkil etilgan.


“ALFRAGANUS UNIVERSITY” nodavlat oliy ta’lim tashkiloti

Magistratura mutaxassislik yo‘nalishlari

Shifr

Yo‘nalish nomi

Ta’lim shakli

1

70110102

Pedagogika

Kunduzgi

2

71010401

Turizm va mehmondo’stlik

Kunduzgi

3

70220501

Falsafa

Kunduzgi

4

70310102

Iqtisodiyot

Kunduzgi

5

71010301

Sport faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha)

Kunduzgi

6

70110701

Oʻzbek tili va adabiyoti

Kunduzgi

7

70230101

Lingvistika (ingliz tili)

Kunduzgi

8

70230101

Lingvistika (rus tili)

Kunduzgi

9

70610301

Kompyuter injiniringi

Kunduzgi

10

70610401

Dasturiy injiniring

Kunduzgi

11

70610501

Sun’iy intellekt

Kunduzgi


Magistratura bo’limi tomonidan yuklangan maʼlumotlar

T/R Fayl nomi Holati Amal

Maʼlumotlar hali joylashtirilmagan

Idrisov Mironshoh Ilyos o‘g‘li
Idrisov Mironshoh Ilyos o‘g‘li

Magistratura bo’limi uslubchi

Yangiliklarga obuna boʼling

Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling