“Alfraganus university” Oʻquv-uslubiy boshqarma
Alfraganus universitetidada bakalavr bо‘limi 2022-yildan yо‘lga qо‘yilgan. Universitetda bakalavr bо‘limining 1-kursida kunduzgi ta’lim shaklida 4493 nafar, kechki ta’lim shaklida 189 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 3649 nafar, 2-kursida kunduzgi ta’lim shaklida 2497 nafar, kechki ta’lim shaklida 180 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 3406 nafar, 3-kursida kunduzgi ta’lim shaklida 956 nafar, kechki ta’lim shaklida 141 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 3446 nafar, 4-kursida kunduzgi ta’lim shaklida 764 nafar, kechki ta’lim shaklida 25 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 1750 nafar, 38 ta mutaxassislik bо‘yicha tahsil olmoqda. Bu mutaxassisliklar bо‘yicha bakalavrlarni tayyorlash 17 ta kafedra zimmasiga yuklatilgan.
Alfraganus universiteti o‘zbek qomusiy olimi Ahmad Al-Farg‘oniy nomiga Alfraganus deb nomlangan. Al-Farg‘oniy Yevropada aynan shu nom bilan mashhur bo‘lgan va oydagi kraterlarning biri ham olim sharafiga shunday atalgan. Universitetning o‘z klinikasi mavjud. Shuningdek, universitet xalqaro ilmiy jurnali va talabalar gazetasiga ega. Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Alfraganus universiteti dunyoning 20 ga yaqin rivojlangan davlatlari, xususan, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan ayni kunlarda Amerika, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib bormoqda. Universitetda bir martalik rektor stipendiyasi hamda ijodkor va ixtirochi talabalar uchun “Al-Farg‘oniy” stipendiyasi, ko‘krak nishoni taʼsis etilgan. Eng faol va tashabbuskor talabalarga grant ajratilgan bo‘lib, bir yil namunali o‘qigan talaba keyingi yil kontrakt to‘lashdan ozod etiladi.
O‘quv-uslubiy boshqarma (keyingi o‘rinlarda “Boshqarma” deb yuritiladi) o‘quv jarayoni rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari tajribasini o‘rgangan holda, O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zamonaviy talablarini hisobga olib ishlab chiqilgan va tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalar, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlar, fan sillabuslari asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etilishi uchun ma’sul bo‘lgan tarkibiy tuzilma hisoblanadi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning asosiy vazifalari
O‘quv-uslubiy boshqarma ta’lim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha na’munaviy va ishchi o‘quv dasturlari, fan sillabuslariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.
Fakultetlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi.
Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, fanlar dasturlari, sillabuslarini rivojlangan davlatlar tajribasi va zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish davrida ulardagi yaxshi ishlamayotgan me’yorlarni aniqlaydi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlaydi.
Kafedra, dekanat bilan birgalikda baholashning amaldagi tizimini qo‘llash, o‘qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi.
Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va o‘quv jarayoniga joriy etadi.
Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiya mavzularini soha islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish va shu kabi mamlakatimizning rivojlanish strategiyasini dolzarb muammolarga bag‘ishlanishini ta’minlaydi hamda muayyan korxona misolida yozilishini nazorat qiladi.
Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda ishchi o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv va ishchi dasturlari, sillabuslari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, boshqa turdagi o‘quv-uslubiy hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tavsiya etish yoki tasdiqlash uchun O‘quv-uslubiy Kengashi hamda universitet Kengashiga taqdim etadi.
Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi.
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqadi va rejalashtiradi.
Vaqt me’yorlari asosida universitetning shtatdagi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari va fakultet dekanlari o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlar hajmini va tarkibini aniqlaydi hamda tasdiqlash uchun universitet Kengashiga olib chiqadi.
Kafedralarda rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarining bajarilishi monitoringini olib boradi va soatbay ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi.
Kafedralar, professor-o‘qituvchilarning yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi, qabul qiladi va universitetning yillik umumiy hisobotini tayyorlashda qatnashadi.
Universitet shtatidagi va soatbay professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi.
Universitet Kengashi va O‘quv-uslubiy Kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Mutaxasisslik fanlaridan davlat imtihoni, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni rejalashtiradi. Davlat attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish (DAK) bo‘yicha zaruriy hujjatlarni tayyorlaydi va ularni universitet bo‘linmalari, dekanatlar va kafedralarga yetkazadi, DAK ishini nazorat qiladi, DAK hisobotlarini o‘z vaqtida bajarilishini va O‘quv-uslubiy boshqarmaga topshirilishini talab qiladi.
Universitet fakultetlarining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovinlari, kafedralarning kabinet mudirlari, dekanatlar kotibalarining o‘quv-uslubiy faoliyatini boshqaradi, ularning ish hujjatlarini yuritishlari va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qiladi.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda chet tillar bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etadi.
Universitet kafedralari, fakultet dekanatlari o‘quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, o‘quv-uslubiy ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar beradi va universitet Kengashi va O‘quv-uslubiy kengashlari muhokamasiga kiritadi.
Universitet o‘quv binolari va o‘quv auditoriyalari ro‘yxatini shakllantirish.
Universitetda fanlar guruhlari va fanlar ro‘yxatlarini shakllantirish.
O‘quv yillari, baholash tizimlari, baholar turlari, reyting qaydnomalari va turlari, o‘quv juftliklari ro‘yxatlarini hamda imtihonlar ro'yxatlarini shakllantirish.
Universitet talabalar va o‘qituvchilar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni shakllantirish.
Akademik qarzdor bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalarining qayta o‘zlashtirish uchun o‘qishni tashkil etadi.
Talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini tashkil etadi.
Amaliyotlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan uslubiy kursatmalar ishlab chiqadi hamda mas’ullardan amaliyot hisobotlarini topshirilishini talab qiladi.
Talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, reytingi qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.
“HEMIS” tizimidagi o‘quv jarayoni va unga bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar yuritilishini nazorat qiladi.
“ALFRAGANUS UNIVERSITY” nodavlat oliy ta’lim tashkiloti | ||
Bakalavr mutaxassislik yo‘nalishlari | ||
№ | Shifr, yo‘nalish nomi | Ta’lim shakli |
1. | 60410100 - Iqtisodiyot | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
2. | 60411100 - Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
3. | 60410800 - Menejment | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
4. | 60411200 - Marketing | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
5. | 61010400 - Logistika | Kunduzgi Sirtqi |
6. | 60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
7. | 60410600 - Bank ishi va auditi | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
8. | 60410200 - Buxgalteriya hisobi va audit | Kunduzgi Sirtqi |
9. | 60410300 - Soliqlar va soliqqa tortish | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
10. | 60610400 - Dasturiy injiniring | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
11. | 60610300 - Kompyuter injiniring | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
12. | 60611200 - Kiberxavsizlik injiniring | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
13. | 60610500 - Suniy intelekt | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
14. | 60540100 - Matematika | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
15. | 61010200 - Sport faoliyati | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
16. | 60111100 - Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
17. | 60220300 - Tarix | Kunduzgi Sirtqi |
18. | 60310200 - Xalqaro munosabatlar | Kunduzgi Sirtqi |
19. | 60110400 - Boshlang'ich ta'lim | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
20. | 60110200 - Maktabgacha ta'lim | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
21. | 60110100 - Pedagogika | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
22. | 60310300 - Psixologiya | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
23. | 60110300 - Maxsus pedagogika (logopediya) | Kunduzgi |
24. | 60110700 - O'zbek tili va adabiyoti | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
25. | 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish (arab tili) | Kunduzgi Kechki |
26. | 60320100 - Jurnalistika | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
27. | 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) | Kunduzgi Kechki |
28. | 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish (koreys tili) | Kunduzgi Kechki |
29. | 60110800 - Ona tili va adabiyoti (rus tili) | Kunduzgi Kechki |
30. | 60730100 - Arxitektura | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
31. | 60721700 - Kadastr | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
32. | 60210400 - Dizayn | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
33. | 61010100 - Turizm va mehmonxona | Kunduzgi Kechki Sirtqi |
34. | 60910200 - Davolash ishi | Kunduzgi |
35. | 60910300 - Pediatriya ishi | Kunduzgi |
36. | 60910100 - Stomatologiya | Kunduzgi |
37. | 60910800 - Farmatsiya | Kunduzgi |
T/R | Fayl nomi | Holati | Amal | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi
O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi
O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi
O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi
O‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi
O‘quv uslubiy boshqarma Dispetcher
O’quv uslubiy boshqarma texnik
O’quv uslubiy boshqarma texnik
O’quv uslubiy boshqarma texnik
O‘quv uslubiy boshqarma texnik
O‘quv uslubiy boshqarma texnik
O‘quv uslubiy boshqarma texnik
O‘quv uslubiy boshqarma texnik
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling