Logan University Sog‘liqni saqlash fanlari kolleji dekani Dr. Amber Henry Alfraganus University bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik va uning talabalar uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Hamkorlik doirasida Alfraganus University talabalarining hozirgi ta’lim dasturi Logan Universityning “Human Biology” dasturi bilan uyg‘unlashtiriladi. Talabalar yozgi ta’til vaqtida Logan Universityda qo‘shimcha fanlarni o‘qib, amerikalik professor-o‘qituvchilar va universitet mutaxassislari bilan bevosita ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dr. Amber Henry shartnoma imzolash marosimini yuqori baholab, ikki mamlakat va ikki universitet o‘rtasidagi do‘stlik hamda kelishuvlarning qisqa muddatda amalga oshirilganini alohida ta’kidladi.
Kelgusida hamkorlikni boshqa ta’lim yo‘nalishlarida ham kengaytirish va yanada ko‘proq talabalar uchun yangi dasturlar yaratish rejalashtirilmoqda.
Hamkorlikning eng muhim natijasi — talaba uchun yaratilgan haqiqiy imkoniyatdir!

