O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Filologiya fakulteti tyutorlari va fakultet talabalari ishtirokida "Najot kitobda" mavzusida kitobxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yosh shoir va shoiralar, fakultetning iqtidorli talabalari o‘z qalamiga mansub she’rlarini badiiy ifoda etib o‘qib berdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning ijodiy salohiyatini ochish va kitobga mehr uyg‘otish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.