Alfraganus universiteti rektori Maxmudov Muxammadismoil Muxitdinovich o‘z xohishiga ko‘ra rektorlik vazifasidan ozod etildi. U bundan buyon ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.
M.Maxmudov 2023-yil 3-iyuldan buyon universitetda rektor sifatida faoliyat yuritib, qisqa muddat ichida ko‘plab salmoqli natijalarga erishdi. Universitet rivojlanishida uning boshqaruv tajribasi, tashabbuslari va takliflari muhim o‘rin tutdi.
Alfraganus universiteti jamoasi Maxmudov Muxammadismoil Muxitdinovichga ta’lim va ilmiy faoliyatidagi keyingi yo‘lida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
P/s: Bu haqida universitet ishlab chiqarish yig’ilishida ma’lum qilindi. Yig’ilish jarayonlarini video lavha orqali guvohi bo’ling!
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling