Ayni damda yurtimizda UNESCOning Bankokdagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Yoshlar kelajagi va taʼlimda tadbirkorlik” mavzusida 10 - Taʼlimda tadbirkorlik UNESCO-APEID (UNESCOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida taʼlim innovatsiyalarini rivojlantirish tarmogʻi) Kengash yigʻilishi oʻtkazilmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanga UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, UNESCO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan hamkorlikda poytaxtimizda faoliyat yuritib kelayotgan Alfraganus universiteti mezbonlik qilmoqda.
Anjumandan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar oʻrtasida barqaror rivojlanish, iqtisodiy oʻsish va innovatsiyalar uchun hal qiluvchi omil sifatida tadbirkorlik koʻnikmalarini va tafakkurini rivojlantirish UNESCOning Tadbirkorlik taʻlimi tarmogʻi (EE-Net) doirasida xalqaro va mahalliy ekspertlar, tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida mavzuga oid masalalarda muhokamalar tashkil etish, yoshlarda tadbirkorlik kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun samarali tadbirkorlik taʻlimi strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
Anjumanda dunyoning 34 davlatidan 100dan ortiq ekspertlar, yetakchi oliy taʻlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, 200dan ortiq mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari, akademiklar, professor-oʻqituvchilar, yetakchi tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.
ALFRAGANUS UNIVERSITY