Alfraganus universitetiga İstanbul Ticaret universitetining Prorektori Prof.Dr. Mehmet Hakan Hocaoğlu, Xalqaro aloqalar ofisi rahbari Prof. Dr. Yusuf Devran hamda mazkur universitetning Inson va jamiyat fakulteti o’qituvchisi Dr. Zebiniso Kamalovalar tashrif buyurdilar.
Rektor Muxammadismoil Maxmudov rahbarligida uyushtirilgan uchrashuv qizg'in ruhda o'tgan bo'lib, ko'plab masalalar muhokama qilindi. Ulardan biri ikki universitet o'rtasida talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi borasida kelishuvga erishildi.
Shu kunning o'zida Alfraganus universitetida Istanbul Ticaret universitetining ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Unda muassasamizning talabalari, professor-o'qituvchilari ishtirok etib, o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Unda, mehmonlar Turkiyaning Istanbul Ticaret universitetida bakalavr, magistratura, doktoranturada ta'lim olish bo'yicha uning qulayliklari, afzalliklari haqida ma'lumotlar berdilar.