Bugun mamlakatimiz tarixidagi muhim sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun.
Davlat gerbi — xalqimizning ozodlikka bo‘lgan intilishi, milliy qadriyatlari, tinchlik va farovon hayotga bo‘lgan ishonchi hamda mustaqil davlatimizning yuksak sha’ni va qadr-qimmatini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir.
Alfraganus universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi hamda barchani davlat ramzlarimizga yuksak hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi.
Davlat gerbimiz hamisha mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz va Vatanga sadoqatimizning yorqin timsoli bo‘lib porlayversin!

