Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har yili 26-iyun sanasi Giyohvandlikka qarshi xalqaro kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun butun dunyo bo‘ylab insoniyat sog‘lig‘i, xavfsizligi va kelajagini tahdid ostiga qo‘yuvchi giyohvandlikka qarshi ongni shakllantirishga xizmat qiladi.

Giyohvandlik – bu tanani yemiruvchi zahar, orzularni o‘ldiruvchi va jamiyatni zaiflashtiruvchi illatdir.