Hurmatli professor-o'qituvchilar, qadrli xodimlar va aziz talaba-yoshlar!
Barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol yillarida yurtimiz barcha jabhalarda ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Xususan, ta'lim va ilm-fan tizimini rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo'lida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Alfraganus universiteti jamoasi mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, bilimli, zamonaviy va Vatanga sadoqatli yoshlarni tarbiyalash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, Yangi Oʻzbekiston ravnaqi va taraqqiyoti yoʻlidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan
Azizbek Ruzimaxammatovich Ismailov
Alfraganus universiteti rektori,
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

