Hurmatli urush va mehnat faxriylari!

Siz azizlarni 9 may – “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan chuqur hurmat va ehtirom bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mazkur sana — yurtimiz tarixida chuqur iz qoldirgan, jasorat, matonat va mardlik timsoli bo‘lgan qadrli kunlardan biridir. Sizlarning yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligingiz, sabringiz va mashaqqatli mehnatingiz bugungi avlod qalbida chuqur ehtirom va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Sizlar yaratgan buyuk tarix — biz uchun ibrat maktabi, Vatanga sadoqat, do‘stlik va insoniylikning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Sizlar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘l, bugungi yoshlar uchun katta saboq va ilhom manbaidir.

Alfraganus universiteti jamoasi nomidan Sizlarga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va baxtli umrguzaronlik tilaymiz. Doimo e’zoz va e’tiborda bo‘ling!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Alfraganus universiteti rektori M.M.Maxmudov