Universitetimizga hujjat topshirgan barcha abituriyentlar uchun kirish imtihonlari shu haftaning yakshanba, 21-iyun kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

ESLATMA: hujjat topshirgan onlayn platformangizga kiring hamda shaxsiy kabinetingizga yuborilgan SMS-xabarnoma bilan tanishing!

Imtihonlar smenasi:
1-smena: 09:00
2-smena: 11:00
3-smena: 14:00
4-smena: 16:00
5-smena: 18:00

Agar yakshanba kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘ta olmagan bo‘lsangiz, universitetimizning “B” binosi, 1-qavatida joylashgan Qabul komissiyasiga tashrif buyuring. Mutaxassislarimiz sizga hujjat topshirishda amaliy ko‘mak berishadi. Hujjatlaringiz rasmiylashtirilgan zahoti, shu kunning o‘zidayoq kirish imtihonlarida ishtirok etishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga imtihonda muvaffaqiyat va omad tilaymiz!