Alfraganus universitetida O'zbekiston "Adolat" sotsial demokratik partiyasining "Munozara" klubi tomonidan "Og'u yoxud og'uchilar tuzog'i. Befarqlik va oqibat" mavzusidagi ko'rsatuv o'tkazildi.

Ko'rsatuv davomida giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyatga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida befarqlikka yo‘l qo‘ymaslik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlar orasida ogohlikni oshirishga chaqirildi.