2024 yil 11-iyun kuni Alfraganus universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha rektor maslahatchisi, professor F.Egamberdiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor, professor N.Mo'minov hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani f.f.d (PhD) A.Raxmonovlardan iborat rasmiy delegatsiya vakillari Belarusiyaning Minsk shahrida joylashgan A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat Ekologiya institutida bo‘lib, institut rahbariyati boshchiligida o’tkazilgan uchrashuvda qatnashdilar.
r r Unda ikki Oliy ta‘lim muassasaning bakalavr va magistratura bo'yicha qo'shma ta‘lim dasturlarini ochish, doktoranturada masofaviy va sirtqi shaklda o'qishni tashkil qilish, tomonlarning ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish, bir yilda kamida ikkitaga yaqin konferensiyalar tashkil qilish, qolaversa, har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Bir makon bir yo'l” xalqaro konferensiyaga taklif qilish hamda monografiya va darsliklarni hamkorlikda chop etish masalalari muhokama qilindi.