Alfraganus universitetining “AFU sayless” klubi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kichik modeli shaklida konferensiya tashkil etildi.


Konferensiya davomida turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, madaniy va iqtisodiy integratsiya, yoshlar diplomatiyasi hamda xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar turli delegatsiyalar nomidan chiqish qilib, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.


Mazkur konferensiya talabalarning notiqlik, tahliliy fikrlash va diplomatik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.