— PEDAGOGIKA FAKULTETI 3-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI!
Kecha “AFU tlabalar super kubogi – 2025” musobaqasining 3-o‘rin uchun bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Pedagogika fakulteti va Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoalari maydonga tushishdi.
O‘yin nihoyatda murosasiz va jangovar ruhda kechdi. Har ikkala jamoa ham bor kuchi bilan g‘alaba uchun harakat qildi. Biroq, tajriba va jamoaviy o‘yin ustun keldi!
Pedagogika fakulteti jamoasi raqib ustidan 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, musobaqaning faxrli 3-o‘rinini qo‘lga kiritdi!
G‘olib jamoani chin yurakdan tabriklaymiz! Ularning fidokorona o‘yini barchaga ibrat bo‘ldi.
Shuningdek, Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasiga ham jasoratli kurash uchun tashakkur bildiramiz! Bunday musobaqalar sizlar kabi iqtidorli va jonkuyar talabalar tufayli yanada qiziqarli o‘tmoqda.